So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqidagi qonun ma’qullandi
Mazkur hujjat bilan xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinadi va to‘liqsiz ish vaqtida mehnat qiluvchilarning huquqlarini himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlar yaratiladi.
Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi 175-sonli konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ushbu Konvensiya jahonning 20 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konvensiyaning maqsadi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi kamsitishdan himoya qilishni ta’minlashdir.
Konvensiya qoidalari to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlaydigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
Muhokama davomida to‘liqsiz ish vaqtida ishlaydiganlar to‘liq ish vaqtida ishlaydiganlar bilan bir xil haq-huquq hamda ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Senatorlar Konvensiya normalari O‘zbekiston qonunchiligiga, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalariga to‘liq mos kelishini qayd etdi.
Muhokama chog‘ida Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga imkon berishi, mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yana-da takomillashtirishga salmoqli turtki berishi ta’kidlandi.
Senatorlar ta’kidlashicha, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishga va xalqaro standartlarni samarali joriy etishni ta’minlashga xizmat qiladi, shuningdek, O‘zbekistonning xodimlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy xalqaro prinsiplar va standartlarga sodiqligini ko‘rsatadi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.