So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Buyuk Britaniyalik shifokorlar Toʻlqin Qilichevning hayotini saqlab qolishdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yurak xurujiga uchragan va vaziyatga yaqin boʻlgan britaniyalik shifokorlar unga darhol yordam berishga kirishishgan – the Guardian

Yozgi Olimpiyada bahslarida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya delegatsiyasining ikki nafar shifokori boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyining hayotini saqlab qolishga yordam berishganidan soʻng Olimpiada qahramoniga aylanishdi. Bu haqda eng nufuzli nashrlardan biri – the Guardian xabar berdi.
Toʻlqin Qilichev payshanba kuni “Rolan Garros” arenasining ichki qismida Hasanboy Doʻsmatovning oltin medalini nishonlayotgan paytda yuragi tutib qolgan. Uning baxtiga, Buyuk Britaniya boks shifokorlari Xarj Singx va fiziolog Robbi Lillis unga yaqin zonada boʻlishgan va vaziyatni koʻrib darhol yordam berishga shoshilishgan, Singx yurak massajini va Lillis defibrilator yordamida amalga oshirdi.
Mazkur vaziyat haqida Lillis shunday dedi: «Oʻzbekistonlik murabbiylar bayram qilishayotgan edi, keyin esa oʻsha hududdan umuman quvonchli holatga xos boʻlmagan qichqiriqlar keldi. “Doktor, yordam” – degan ovoz eshitildi. Xarj javob bergan birinchi odam boʻldi va men oʻzimiz bilan olib yuradigan favqulodda travma sumkasini olib shoshildim.
Xarjning ortidan 30 soniya oʻtib kelganimda, u allaqachon murabbiyda yurak massajini bajarishni boshlagandi. Murabbiylar butun vaziyatdan shok holatida edi, shuning uchun ularni yoʻldan olib tashlash uchun bir oz vaqt kerak boʻldi.
Dastlab u qaytmadi, lekin 20-30 soniyadan soʻng, Xarj yurak massajini davom ettirgandan soʻng, u hushiga keldi, bu juda yaxshi edi», - deydi shifokor.
Manbaning qoʻshimcha qilishicha, Qilichev kasalxonaga yotqizilgan va uning ahvoli hozirda barqaror.
Lillis mazkur voqeadan keyin kechqurun umuman uxlamaganini aytdi. “Oʻsha paytda vaziyatni boshqarish uchun menga adrenalin va bir oz shoshqaloqlik zarur edi. Men kimning omon qolishga hissa qoʻshganimdan minnatdorman”, - deydi u.




Izohlar 1
