So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Murabbiy boʻlganimda, mukofot pulini muhokama qilgan odamni jamoaga chaqirmasdim” - Diyor Imomxoʻjayev
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxoʻjayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekiston U-23 jamoasi aʼzosi Jasur Jaloliddinov Olimpiada yoʻllanmasi uchun berilgan 30 ming dollar mukofot pulini kam deganiga munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxoʻjayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekiston U-23 jamoasi aʼzosi Jasur Jaloliddinov Olimpiada yoʻllanmasi uchun berilgan 30 ming dollar mukofot pulini kam deganiga munosabat bildirdi.
“Milliy jamoa sharafini himoya qilayotgan yigitlar, erkaklar, u qaysi sohada boʻlmasin, menga bu pul kam, deyishi bu yomon tendensiya, uyat hisoblanadi. Bu yerda vatan uchun 5-10 million soʻmga ishlab yurgan odamlar bor. Futbolchilar oʻz futbol klubida yaxshi daromad oladi. Hukumat oʻzi loyiha yaratib, oxirida yutganida yana pul berilganida u kam deb oʻtiribdi. Bu hamma futbolchiga tegishli gap. Milliy jamoa murabbiyi boʻlganimda, mukofot pulining kamligini muhokama qilgan odamni jamoaga chaqirmasdim”.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi Osiyo Kubogida finalga chiqishi ortidan Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda Yaponiya qarshiligiga duch kelgan Oʻzbekiston U-23 jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan edi.