So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Fermerlarning dahshatli tushi: Shuhrat Gʻaniyev fermerlarni qanday qoʻrqitadi?
Prezidentning agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev joriy yilning 19-iyul kuni videoselektor yigʻilishi oʻtkazgan.
Yigʻilishda viloyat hokimlarining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman hokimlari, oʻrinbosarlar va fermer xoʻjaligi rahbarlari ishtirok etgan.
Mazkur yigʻilishda fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida qabul qilingan yangi qonun muhokama qilinib, qonun bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Suv xoʻjaligi vazirligiga yangi vakolatlar berilgan.
Unga koʻra, endilikda fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan ijara shartnomasi mahalliy hokimliklar tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bu uchun esa Agroinspeksiya va Suv xoʻjaligi tashkilotlarining xulosasi yetarli boʻladi.
Avval fermer xoʻjaligi tasarrufidagi yer maydonlarini zaxiraga qaytarish faqat ikki yoʻl bilan amalga oshirilar edi. Yaʼni sud qarori hamda fermer xoʻjaligi rahbarining notarial arizasi orqali.
Endilikda bunga hojat yoʻq, talablarni bajarmagan fermerlarning yerlari yuqorida nomi aytilgan tashkilotlarning xulosasi bilan tuman yoki shahar hokimligi zaxirasiga qaytariladi. Shuhrat Gʻaniyev shu kuni rahbarlarga Toshkent viloyatidagi bir qator fermerlarning “yostigʻini quritish” boʻyicha topshiriq bergan.



