Qidirish

14:06 / 2024-08-07 514 0 Siyosat

Bosh prokurorning Oʻzbekiston aholisiga yoʻllagan murojaatida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha maʼlumot berildi

AOKAda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda Bosh prokurorning Oʻzbekiston aholisiga yoʻllagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan choralar yuzasidan maʼlumot berildi. Qayd etilishicha, avvalo, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga har tomonlama koʻmak berish, “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan xotin — qizlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga doir ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Oʻtgan davrda 2 ming 739 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 5 ming 123 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1 ming 181 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 4 ming 048 nafariga oʻzini oʻzi band qilishida, 3 ming 773 nafarining kasb — hunar va xorijiy tillarni oʻrganish kurslarida oʻqitilishida koʻmaklashilgan.

Mahallalarda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ehtiyojmand aholini har tomonlama qoʻllab quvvatlash maqsadida 548 nafar aholi xonadoni taʼmirlab berildi hamda 1 ming 482 ta xonadon obodonlashtirilgan. Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy va boshqa obyektlardagi muammolarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilib, 83,3 km. ichki yoʻllarga shagʻal, 33,6 km. yoʻlga asfalt yotqizildi, 38,8 km. piyodalar yoʻlakchalari barpo etildi hamda 10 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 9 ta maktab, 1 ta tibbiyot muassasasi taʼmirlangan.

Aholi bandligi, yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda.

Xususan, aholi bandligini taʼminlash sohasidagi oʻrganishlarda 1,8 mln. yangi ish oʻrinlari hisobotlarga qoʻshib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, prokurorlar tashabbusi bilan oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarida 6 ming 136 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.

Ekologik xavfsizlikni taʼminlash, Yashil makonlarni koʻpaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli oʻrganilganida, 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod koʻchat hisobotlarga qoʻshib yozilganligi, 580 mingtasi sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilganligi va 19 mingdan ortiq koʻchat oʻz vaqtida ekilmaganligi sababli nobud qilinganligi aniqlanib, keskin choralar koʻrilgan.

Taʼlim sohasidagi oʻz yechimini topmagan masalalarning sabablarini aniqlab, ularni hal etish boʻyicha choralar doirasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 235 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 32 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda 1 ming 200 nafardan ortiq shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xususan, faoliyati oʻrganilgan 13 ta oliy va professional taʼlim muassasalarida aniqlangan byudjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish va talon-toroj qilish holatlari boʻyicha 14 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Tadbirkorlarga har tomonlama koʻmak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga doir vazifalar ijrosiga qaratilgan.

Xususan, oʻtgan davrda tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning

15 ming 210 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar koʻrsatilgan.

Shundan, 3 ming 366 nafar tadbirkorga 537 mlrd. soʻmlik kredit, 317 nafariga yer maydoni, 80 nafariga bino ajratilishi, 551 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 4 ming 938 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy koʻmak berilgan.

Natijada, faoliyat koʻrsatmayotgan 5 ming 701 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 7 mingdan ortiq sh oʻrinlari yoʻqotilishining oldi olingan.

Shuningdek, 6 ming 293 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 14 ming 299 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi.

Shu bilan birga, 10 ming 789 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik toʻsqinliklar aniqlanib, bartaraf etildi hamda 8 ming 030 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Kredit mablagʻlari talon — torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini taʼminlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirilgan.

Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 8,5 trln. soʻmi amalda undirilgan, 7 trln. Soʻmlik kreditlar boʻyicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi taʼminlandi, 1,2 trln. soʻmlik ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablagʻlarining 1,6 trln. soʻmi talon — toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 609 ta jinoyat

ishlari qoʻzgʻatilgan. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida jami 17,5 trln. soʻmlik yoki 66 foiz muammoli kreditlar qisqartirilgan.

Qurilish sifati va mablagʻlardan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, 27 mlrd. soʻmlik sifatsiz ishlar va 45 mlrd. soʻmlik qoʻshib yozish holatlari joyida bartaraf etildi va huquqbuzarliklar oldi olingan. Misol uchun, Yangiyer shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida issiqlik tizimini qurish obyektida (qiymati 5,3 mlrd soʻm) hisobotlarga qoʻshib yozilgan 2 mlrd. soʻmlik ishlar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 139 nafar shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 598 nafar mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi, 32 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, davlatga yetkazilgan

17,6 mlrd. soʻmi undirilgan.

Xuquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Koʻrilgan choralar natijasida mahallalarning 5268 tasida yoki 55,7 foizida jinoyat qayd etilmadi, 3 ming 362 tasi yoki 35,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.

Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 9 ming 124 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda boʻlgan 4090 nafar shaxsning ushlanishi taʼminlangan.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash choralari doirasida:

– surishtiruv va tergov organlarining 36 ming 512 nafar shaxsga nisbatan 29 ming 210 ta jinoyat ishi oʻrganilib, sudlarga yuborildi;

Bevosita prokuratura organlari tomonidan:

– 7 ming 451 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov oʻtkazilib, 6 ming 661 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 331 ta jinoyat ishi sudlarga

yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 1,7 trln. soʻmlik zarar undirilgan.

Faoliyat oshkoraligini taʼminlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish sohasida:

– aholiga yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun — mohiyatini yetkazish maqsadida 75 ming 317 ta tadbir tashkil etildi,

shundan 21 ming 682 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi;

– Bosh prokuratura rasmiy veb — saytida 2 ming 067 ta, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida 6 ming 201 ta tezkor xabarlar, yuqori rezonansga sabab boʻlgan voqea va hodisalar haqidagi bayonotlar eʼlon qilingan.

Prokuratura tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida 12 ta brifing tadbirlari oʻtkazilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish