So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga boʻlgan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qonun imzolandi

Prezident tomonidan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi
Qonunga koʻra, fuqarolar quyidagi koʻchmas mulklarni oʻz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy oʻtkazib olishi mumkin:
– 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib oʻzboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
– 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
– “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
– 2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
– bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
– kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
– davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
– hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
Koʻchmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan boʻlishi;
– yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
– yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi;
– muhofaza zonasida, sugʻoriladigan yerda joylashmaganligi;
– bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud boʻlsa);
– har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).
Qonun 3 oydan soʻng kuchga kiradi.




Izohlar 2

Абдусалом
2024-Aug-07 13:54