So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Bunyodko” Rivaldo va Denilson ishi boʻyicha kelishuvga erishdi. Klub qarzini “Oʻzbekneftgaz” qoplab beradi
Xabaringiz bor, joriy yilning 7-fevral kuni FIFA “Bunyodkor” sobiq futbolchilari Rivaldo va Denilson shikoyatlari boʻyicha qayta ish ochib, oradan 15 kun oʻtib klub futbolchilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarishi lozimligi toʻgʻrisida qaror chiqargandi.
Klub matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30-mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada “Bunyodkor” litsenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.
FIFA qaroriga koʻra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7-aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi.
Yangi kelishuvga koʻra toʻlanishi lozim boʻlgan summalar sezilarli koʻrinishda kamaytirildi. Qoʻshimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga boʻlib toʻlanadigan boʻldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan boʻldi.
Tribuna.uz oʻzining manbasiga tayanib xabar berishicha, yuzaga kelgan qarzdorlikni klub homiyi “Oʻzbekneftgaz” qoplab beriladi.