So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Qashqadaryoda mashhur sambochi otib oʻldirildi
Butun Vohaga dongʻi ketgan mashhur sambochi Toʻra Avloqulov qoʻlbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Sportchiga oʻq uzgan shaxs hodisa joyidan qochmoqchi boʻlganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida sambochi Toʻra Avloqulov tanishi tomonidan otib oʻldirildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu hodisa 2024-yilning 29-mart kuni sodir boʻlgan. Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro “Damas” avtomobilida ketayotganda oʻziga oldindan tanish boʻlgan boshqa bir shaxsni koʻrib qolib, birgalikda kafega borgan va spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Ular bir soatlardan soʻng kafedan chiqib Toʻra Avloqulovni koʻrib qolgan va uni ham avtomashinaga mindirib, boshqa kafega borgan.
Fuqarolar kafeda pulni toʻlash ustida tortishib qolgan. Fuqaro tanishi Toʻra Avloqulovga yoʻlda kelayotgan paytda 50 ming soʻm pul berganini, shu bois ovqatlanish xarajatini toʻliq toʻlashini aytgan.
U hamma pulni toʻlamasligini bildirib, olgan 50 ming soʻm pulini qaytarib bergan. Fuqaro pulni olmasdan, unga jahl qilib, avtomobilidan qoʻlbola usulda yasalgan qurolni olib, sherigining boshiga bir marta oʻq uzgan.
Natijada, Toʻra Avloqulov olgan tan jarohati oqibatida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan. Unga oʻq uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi boʻlib, avtomashinasi bilan ketayotganida hodisa joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan toʻxtatib qolingan.
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi maʼlumotnomasida Toʻra Avloqulovning tanasida ogʻir ochiq teshib oʻtuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metall va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan koʻrinishida tan jarohatlari borligi, ahvoli oʻta ogʻir darajada ekanligi qayd etilgan. Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay sportchi kasalxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.




Izohlar 1
