So`ngi yangiliklar
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
“Oʻzbekneftgaz”: Ustyurt regionida geologik tadbirlar natijasida joriy yil dekabr oyi oxirigacha 2 mln. kub metrgacha qoʻshimcha tabiiy gaz qazib chiqarish rejalashtirildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari tomonidan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlarda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Uglevodorodlar zaxiralarini oʻstirish dasturi doirasida “Sharqiy Asrlon”, “Jagiz” va “Boylik” kabi yangi istiqbolli maydonlardagi 3 ta, shuningdek, “Quyi Surgil” konidagi 4 ta (10, 24, 25 va 26), “Gʻarbiy Quyi Surgil” konidagi 2 ta (3, 4) hamda “Arslon” konidagi 30-sonli quduqlarda olib borilayotgan burgʻilash jarayonlari mutaxassislar ishtirokida oʻrganildi.
“Quyi Surgil” konidagi 16-sonli va “Gʻarbiy Quyi Surgil” konidagi 1-sonli quduqlarda bajarilayotgan kapital taʼmirlash ishlari bilan joyida chiqqan holda tanishib chiqildi.
“Ishchi guruh” aʼzolari tomonidan “Tillali” konidagi 2-, 4-sonli quduqlarni konservatsiyadan qaytarish boʻyicha amalga oshirilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari nazorat qilindi.
Shu yerda “Tillali” va “Sayxun” konlarida yana 4 ta quduqlarni mukammal taʼmirlash ishlarining rejasi tahlil qilinib, ularni jadallashtirish boʻyicha mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi.
Alohida taʼkidlash lozimki, Ustyurt mintaqasida havo haroratining ancha past boʻlishiga qaramasdan, oʻtgan 20 kun davomida “Tillali” konidan qazib olinadigan tabiiy gazni “Beskala” gazni dastlabki tayyorlash qurilmasiga uzatish uchun 11 km uzunlikdagi gaz quvurini payvandlash ishlari yakunlandi.
Hozirda quvurlarni izolyatsiya va montaj qilish ishlarining yakuniy bosqichi hamda 3-sonli quduq ustini jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Qurilish maydonida Ustyurt boshqarmasi rahbariyati hamda tegishli departament boshliqlariga quvurni qisqa muddatda ishga tushirishni taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, “Tillali” konidagi mukammal taʼmirlanadigan quduqlarni ishga tushirish uchun gaz quvurini qurishni loyihalashtirish va qurilish ishlarini boshlash boʻyicha vazifalar belgilandi.
Shu yerda, quduqlarni kapital taʼmirlash uskunalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning faoliyat olib borishlari va yashashlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, bu borada barcha zarur shart-sharoitlarini yangilash boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganish davomida texnologik obyektlarda, jumladan “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasida quvvati kuniga 3 million kub metr gazni kompleks tayyorlash vazifasini bajaruvchi 1 ta qoʻshimcha texnologik tarmoqni qurish ishlari bilan tanishib chiqildi. Hozirgacha yangi tarmoqdagi 6 ta texnologik apparatlar uchun temirbeton fundament quyish ishlari bajarilib, 4 ta apparatlar oʻrnatildi.
Oʻrganishlar davomida texnologik apparatlar, quvurlar, quvur armaturalari va boshqa material-texnik resurslarni yetkazib berish, ishlarni jadallashtirish boʻyicha pudratchi tashkilot vakillariga va masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Ustyurt boshqarmasi boʻyicha 4,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 39,0 ming tonna gaz kondensati qazib olinib, gaz qazib chiqarish oʻtkan yilga nisbatan 119,2% ni tashkil etdi. Ustyurt regionida geologik texnik tadbirlar natijasida, joriy yilning dekabr oyi yakuniga qadar kunlik 2 mln. kub metrgacha qoʻshimcha tabiiy gaz qazib chiqarish rejalashtirildi.
Bu koʻrsatkichlarga erishish uchun 2022-yil oʻtgan davrida tabiiy gaz qazib chiqarish reja koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan jami 52 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oshirildi, bunda 16 ta yangi gaz quduqlari burgʻilashdan ishga tushirildi, 32 ta quduqlarda kapital taʼmirlash va intensifikatsiya ishlari olib borildi hamda 4 ta texnologik obyektlar ishga tushirildi hamda qoʻshimcha 908,5 mln kub metr tabiiy gaz, 24,2 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati




Izohlar 1
