So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Amerikalik olimlar qoʻrqoqlikka qarshi dori yaratishdi
Amerikalik nevrologlar miyada kuchli qoʻrquvdan soʻng doimiy qoʻrquv paydo boʻlishi uchun javob beradigan mexanizmni aniqladilar.
Science ilmiy jurnalida eʼlon qilingan maqolada aytilishicha, ushbu tajriba sichqonlar ustida oʻtkazilgan. Tajriba davomida qafasda boʻlgan sichqonlarni doimiy qoʻrquvda ushlab turish uchun elektr toki qoʻllanilgan.
Maʼlum boʻlishicha, qattiq qoʻrquv paytida neyronlarni qoʻzgʻatuvchi eng muhim neyrotransmitter glutamat ishlab chiqarish ularni bostiradigan gamma-aminobutirik kislotaga (GABA) oʻtadi.
Olimlar bu taʼsirni aniqlaganlaridan keyin hayvonlardagi GABA ishlab chiqarish uchun masʼul boʻlgan genni oʻchirib qoʻyish uchun adenovirusni joʻnatishdi. Ushbu muolajadan keyin kemiruvchilarda qoʻrquv butkul yoʻqoldi.
«Tadqiqot mualliflari miya faoliyatining kashf etilgan mexanizmi turli xil qoʻrquvlarga qarshi kurashda, shuningdek, samarali dori vositalarini maqsadli yaratishda yordam beradi», - deyiladi maqolada.