So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda McDonaldʻs fast-fud tarmogʻi ochilishi mumkin
“Reach Impex” kompaniyasi 11-mart kuni McDonaldʻs brendini roʻyxatdan oʻtkazishga ariza berdi. Bu haqda Adliya vazirligining intellektual mulk maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.
Bugun, 16-mart kuni kompaniya tomonidan taqdim qilingan arizas rasmiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Ariza bir necha yoʻnalishda topshirilgan, yaʼni ular orasida restoran biznesi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish restoranlari va boshqalar bor.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga (USRPO) koʻra, “Reach Impex” 2022-yil aprel oyida Davlat xizmatlari markazida roʻyxatdan oʻtgan.

Kompaniyaning ustav kapitali 211 million soʻmni tashkil etadi. Kompaniya taʼsischilari Bahodir Usmonov va Abror Abduzhabborovlardir.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabr oyida “Vkusno i Tochka” (Rossiyadagi sobiq McDonaldʻs) fastfud restoranlari egasi boʻlmish “Sistema PBO” Rossiya MCHJ “Mazali va nuqta” va “Lazzatli va nuqta” savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bergan edi.