So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Kogon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi Muhiddin Esanov lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrnini “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Otabek Qazoqov egalladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Sahob Sulaymonov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etishgan.

Sessiyada nutq soʻzlagan Botir Zaripov tumanning amaldagi hokimi haqida fikrlarini bildirib oʻtdi:
«Kogon tumani geografik joylashuvi, boy tabiati, tarixiy ahamiyatiga koʻra viloyatimizdagi istiqbolli hududlardan hisoblanadi.
Mana shu imkoniyatlardan samarali foydalanilganligi sababli Kogon tumani soʻnggi yillarda Muhiddin Turdiyevich Esanov rahbarligida viloyatdagi iqtisodi jadal rivojlanayotgan tumanlar qatoridan joy oldi.
Oʻzining boy rahbarlik tajribasi, boshqaruvchilik qobiliyati, qatʼiyati va talabchanligi bilan tumanda Hurmatli Prezidentimizning islohotlari ijrosini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatdi.
Ammo keyingi paytda Muhiddin Esanovning sogʻligi yomonlashganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois Muhiddin Turdiyevich tuman hokimi lavozimidan ozod etishni soʻrab murojaat qildi», -dedi Botir Zaripov kirish soʻzi avvalida.
Shundan soʻng Muhiddin Turdiyevich Esanovni Kogon tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Ayni vaqtga qadar “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Qazoqov Otabek Nodirovich Kogon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatni tanqidiy tahlil qilib, tumanning yangi rahbari boshchiligida hududni har jihatdan rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarga batafsil toʻxtaldi.
Shuningdek, sessiyada tuman sektorlari rahbarlari belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan taqdimot qilishdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir