So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Women in Power”: Toshkentda ACWA Power tashabbusi bilan gender balansni taʼminlashga qaratilgan yirik tadbir oʻtkazildi
Energiya tizimi transformatsiyasi boʻyicha yetakchi va Oʻzbekistonning muqobil va qayta tiklanadigan energiya sohasidagi eng yirik hamkorlaridan biri boʻlgan Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi 8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni arafasida “Women in Power” deb nom olgan birinchi mintaqaviy forumini tashkil qildi.
Ushbu tadbir, muqobil energetika sektorida xotin-qizlar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlarga bagʻishlangan boʻlib, Oʻzbekiston iqtisodiy va siyosiy hayotining turli sohalari vakillarini bir platformada birlashtirgan boʻlib, taʼkidlanishicha, “Women in Power” bu ACWA Power kompaniyasi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ayollar uchun global noyob imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan ilk tadbirdir.
Forum mehmonlari orasida anʼanaviy va muqobil energiya sohasidagi kompaniyalar vakillari, xalqaro banklar va moliya tashkilotlari xodimlari, Energetika vazirligi, Milliy energetika tarmoqlari hamda energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentlikning masʼul vakillari, Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishining katalizatori” mavzusidagi yalpi majlis forumning markaziy tadbiri boʻlib, unda BMT Ayollar dasturining Oʻzbekistondagi menejeri Seren Guven Guresh va Oʻzbekiston moliya vaziri oʻrinbosari Gulnora Rahimova, va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshligʻi Jamola Husanjonova va boshqa rahbarlar ishtirok etgan.
Ishtirokchilar iqtisodiyot va energetika sohasida ayollar ishtirokini oshirish tendensiyalari va imkoniyatlarini, inklyuziv ish muhitini yaratish boʻyicha ilgʻor tajribalarni va biznesdagi erkaklar va ayollar uchun adolatli imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlashning iqtisodiy afzalliklarini muhokama qilishgan.
“Kompaniya oʻz korxonalarida, har bir ayolning uning unikal qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlab, ish jarayonida shaffof va teng zarur sharoitlar yaratmoqda – bu kompaniyaning barqaror rivojlanish sohasidagi siyosatining ajralmas tarkibidir. Zamonaviy dunyoda xotin-qizlarning oʻrnini taʼkidlashga moʻljallangan tadbirlar Power tomonidan muntazam asosida tashkil etilmoqda va kompaniyaning turli mamlakatlardagi minglab xodimlari va sheriklarini ilhomlantirmoqda. Shu tariqa kompaniya muqobil energetika uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishga hissa qoʻshmoqda”, – dedi ACWA Power inson resurslari va madaniyatini boshqarish boʻyicha direktor Firuza Mavlonova.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, hozirgi vaqtda energetika sohasida ayollar butun dunyo boʻylab ish oʻrinlarining atigi 22 foizini egallaydilar va qayta tiklanadigan energiya sohasida bu koʻrsatkich biroz yuqoriroq (32 foiz) boʻlishiga qaramay, biznesning yangi kadrlarga boʻlgan talabi mavjud.
Xotin-qizlar uchun yangi martaba yoʻnalishlarini shakllantirish yuzaki qolmoqda — sektor har yili dunyo boʻylab 1 millionga yaqin ish oʻrinlarini yaratadi. Ayollar bilan doimiy ravishda ochiq muloqotda boʻlish, ularga kompaniyada yetakchilik koʻnikmalarini oʻrganish va rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish orqali ACWA Power butun energetika sektori manfaatlaridan kelib chiqib ish olib boradi va kompaniya faoliyat yuritayotgan mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi.
Oʻzbekiston kompaniya investitsiyalari hajmi boʻyicha Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Toshkentda “Women in Power” birinchi forumini tashkil etish biz uchun katta sharafdir. Bu bizning ACWA Power kompaniyasining Oʻzbekiston va undan tashqarida energetika sohasida ayollarni qoʻllab-quvvatlashga sodiqligini koʻrsatishning yoʻlidir.
Korxonalarimizda barcha xalqaro standartlarga qatʼiy amal qilib, har bir xodimga hurmat bilan munosabatda boʻlib, uning oʻziga xosligini qoʻllab-quvvatlashga, isteʼdodini rivojlantirishga intilamiz. Ochiq muloqot uchun ushbu transformatsion platformani ishga tushirish orqali biz jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish, innovatsiyalar va jamiyatning barcha jabhalariga ayollarni faol jalb etish orqali Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga koʻmaklashishga intilamiz.
“Ayollar hokimiyatda” erkaklar va ayollar uchun adolatli imkoniyatlar kun tartibiga bagʻishlangan bir qator tashabbuslar doirasidagi birinchi tadbirdir – bu yil kuzda yanada yirikroq tadbirlarni oʻtkazamiz”, — aytdi ACWA Power kompaniyasining Oʻzbekistondagi rahbari Jon Zaydi.
Tadbir uchun ACWA Power oʻziga xos ramziy belgi – jinsidan qatʼi nazar, har bir shaxsning qadr-qimmati va oʻziga xosligini ifodalovchi kompaniyaning korporativ ranglarida yasalgan bir-biriga bogʻlangan ikkita rombni yaratgan.
Maʼlumot oʻrnida, ACWA Power qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, elektr energiyasi va tuzsizlangan suv ishlab chiqarish uskunalarini moliyalashtirish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Kompaniyada taxminan 3500 kishi ishlaydi va hozirda Yaqin Sharq, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi 12 ta davlatni qamrab olgan xalqaro miqyosdagi ishtiroki mavjud.
ACWA Power portfeli kuniga 38,7 GVt elektr energiyasi va 5,8 million kub metr tuzsizlangan suv ishlab chiqaradigan investitsiya qiymati 61,2 milliard dollar boʻlgan 60 ta aktivni oʻz ichiga oladi.
Kompaniya Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng yirik sarmoyadorlaridan biri boʻlib, ACWA Power portfeli 14 ta muqobil va qayta tiklanadigan energiya loyihalarini oʻz ichiga oladi, umumiy investitsiyalar hajmi 8,7 milliard AQSH dollaridan oshadi. Korxona respublikada ham qator ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqadi va Shirin energetika kasb-hunar kollejining doimiy hamkori hisoblanadi.
Kompaniyaning Oʻzbekistondagi birinchi loyihasi 1500 mevagattli Sirdaryodagi issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning qurilish jarayonlarida uch yil mobaynida 2300-2400 mahalliy va xorijiy ishchilar mehnat qilgan. Stansiya uchun Yaponiya va Germaniyadan gaz-bugʻ turbinalari keltirilgan. Bugungi kunda uning 1000 MVt muddatidan oldin ishga tushirildi.
Bundan tashqari, yana ikki loyiha: Buxoro viloyatidagi 2 ta 500 MVtli shamol elektr stansiyasi, Nukus shahridagi 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasidir. Hozir bu uchta loyiha boʻyicha ishlar faol olib borilmoqda. Birinchi loyiha uchun 1,2 milliard dollar investitsiya kiritilgan boʻlsa, shamol elektr stansiyalari uchun 1,3 milliard dollar investitsiya jalb qilinishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, 1200 MVtli Toshkent va Samarqand viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari qurilishi ham boshlangan. Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan ushbu quyosh elektr stansiyasining birinchi 100 megavatti aprel oyida, keyingi 100 megavattini may oyi oxirida ishga tushishi kutilmoqda. Yuqori Chirchiqda qurilayotgan quyosh elektr stansiyasi 200 MVt boʻlsa, uning yonida 500 MVt quvvatga ega boʻlgan elektr energiyasini saqlovchi loyiha ham amalda.
“Toshkent viloyati Chirchiq tumanida Oʻzbekistonda va dunyoda yangi loyiha boʻlgan “yashil energiya” loyihasini boshlaganmiz. Prezidentimizning tashabbuslari bilan olib kirilgan ushbu loyiha mamlakatimizdagi birinchi pilot loyihadir. Loyiha orqali biz dunyoga Oʻzbekistonda eng yuqori texnologiyalarni ishlatib, elektr energiyasi tizimiga va undan tashqari isteʼmolchilarga yetkazib berishimiz mumkin boʻlgan elektr energiyasi va “yashil” vodorod haqida koʻrsatmoqchimiz.
Hozir qurilish ishlari olib borilayotgan 20 MVt quvvatga ega “yashil” vodorod loyihasini yil yakuniga qadar yakunlaymiz. Bu nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda ilk loyiha hisoblanadi”, deydi kompaniyaning Oʻzbekistondagi birinchi “yashil” vodorod loyihasi bosh direktori Alimardon Abdukarimov.