So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Nutkoinchilar” uchun ajoyib yangilik! Notcoinʻni sotish va sotib olish imkoniyati paydo boʻldi
Notcoin tokeni ishga tushirilgunga qadar Notcoin pre-marketʻda tokenlarni pullash va sotib olish imkoniyati paydo boʻldi. Bu haqda Notcoin hamjamiyati eʼlon qildi.
“Nutkoinchilar” endilikda siz Notcoin-botʻdagi oʻyin hisobingizdan 10 va 100 milliongacha boʻlgan “tangachalar”ni Notcoin vaucherlariga (NFT) aylantirishingiz va ularni GetGems tarmogʻida sotishingiz mumkin.
Tokenlar ishga tushirilgandan keyin vaucherlarni $NOTʻga almashtirish yoki token ishga tushishini kutishingiz va balansingizni toʻgʻridan-toʻgʻri $NOTʻga aylantirishingiz mumkin.
Pre-market royalti orqali $NOT roʻyxatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun NFT savdolarining 20 foizini komissiya koʻrinishida ushlab oladi.
«$NOT tokenining narxi qanday boʻlishini hech kim bilmaydi. Listing narxi hatto nolga teng boʻlishi mumkin, shuning uchun vaucherlarni sotishda buni hisobga oling», - deyiladi xabarda.
Qanday qilib not-tangachalarni NFT-vaucherga aylantirish mumkin?
- Telegram ilovasidan Notcoin botini oching, asosiy ekrandan Trade tugmasini bosing
- Chiqarmoqchi boʻlgan vaucherlar nominalini va sonini tanlang.
- TON hamyoningizni ulang va NFT vaucherini chiqarish uchun blokcheyn toʻlovini (~$0,1) toʻlang.
- Bir necha daqiqa ichida vaucher TON hamyoningizga tushadi
Diqqat! Ayni vaqtda Notcoin-botʻda /trade tugmasi mavjud emas, uning qachon qoʻshilishi esa ochiqlanmagan. Biroq Notcoin pre-marketʻda savdolar qizgʻin ketmoqda.
8-mart holatiga koʻra:
10 mln $NOT oʻrtacha narxi – 150-200 TON (435-581 dollar)
100 mln $NOT oʻrtacha narxi – 1000-5000 TON (2900-14531 dollar)
Notcoin Voucher - bu tokenlar blokcheynda chiqarilishidan va qiymatga ega boʻlishidan oldin (qiymatga ega boʻlmaslik ehtimoli ham bor) virtual oʻyin balansingiz bilan Notcoin savdosini boshlashning bir usuli.