So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda chorvachilik va “dala doʻkonlari”ni qurish uchun imtiyozli kreditlar beriladi
Shuningdek, minitraktorlarni olib kirishda bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladi.
“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, “Online-mahalla” platformasining “Aholi tomorqasi” moduliga tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xonadonda mavjud issiqxonalar hamda tomorqadan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har 6 oyda (aprel, oktyabr oylarida) kiritiladi.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) quyidagicha beriladi:
➖ chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish va “dala doʻkonlari”ni qurish uchun – 1-yilgacha imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga;
➖ bogʻdorchilik (koʻchatchilik), uzumchilik (tok soʻrisi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, koʻchma muzlatkichlarni oʻrnatish, artezian quduqlarini qazish uchun – 3-yilgacha imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvargacha motokultivatorlar (TIF TN kodi – 8432 29 100 0), bir oʻqli traktorlar (TIF TN kodi – 8701 10000 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilanadi.