So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Hokimman, menda pul, amal bor, qoʻlim hamma yerga yetadi. Umrini qamoqda chiritaman” – Jazavadagi Yangi Namangan hokimi Prezidentga vaʼda bergan tadbirkorni butilkaga oʻtkazib, 20 yilga qamatmoqchi
Audioda Abdullayevdan boshqa shaxsning ovozi eshitilmagan, u soʻkinishni boshlashi bilan bor rakursini yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevga mahalla uchun idora qurib berishni vaʼda qilgan tadbirkor Anasxon Dedaboyevga qaratgan.
Effect.uzʼga Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevga tegishli ekanligi aytilayotgan audio yozuv kelib tushdi. Audioyozuvda oʻzini hokimman deb atagan shaxs istalgan kishi bilan istalgancha gaplashib olishini, oʻzi xohlagan usulda gapira olishini aytadi.
Audioda Abdullayevdan boshqa shaxsning ovozi eshitilmagan, u soʻkinishni boshlashi bilan bor rakursini yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevga mahalla uchun idora qurib berishni vaʼda qilgan tadbirkor Anasxon Dedaboyevga qaratgan.

«Qoʻlim hamma yerga yetadi, pul bor, amal bor, hamma narsam bor. Ana uni ham (tadbirkor Anasxon Dedaboyev) ni si*****, 20 yilga qamataman. Koʻchada yura olmaydigan qilib qoʻyaman, k*t qilaman, butilkaga oʻtkazaman su*ani.
Pid*r*zman agar ana shu bola koʻchada yursa, si**m*n, boshqa gap yoʻq. Men bollarga aytdim, “nachalnik militsiya”ga ham aytdim uni "lyuboycha"siga soliqdanmi, “militsiya” koʻchada tupursa ham ushlaydi.
Men IIB boshligʻiga aytdim, ushlanglar uni olib kiringlar dedim. Olib kiradi uni, u bolani qamataman, si**m*n, oxiriga bormagunimcha qoʻymayman. Si**b, "svodka"sini olaman hammanikini», deyiladi audioda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev aynan shu tadbirkorni soʻkib, haqorat qilgach, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov tomonidan hayfsan intizomiy jazosiga tortilib, barcha turdagi ragʻbatlantirishlardan mahrum qilingandi. Aftidan, J.Abdullayev boʻlib oʻtgan hodisalardan soʻng hayfsan olganini ham unutib, qattiq jazavaga tushgan.

Maʼlumki, Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov lavozimga kelgach, oʻzini Jobir Abdullayev kabi tutgan bir qator tuman hokimlarini sharmandalarcha ishdan boʻshatgan edi. Yangi Namangan hokimi uchun viloyat hokimi Shavkat Abdurrazoqovning hayfsani taʼsir qilmagandek goʻyo.