So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Monopol oligarxlar bor ekan, Oʻzbekistonda benzin arzon boʻlishidan umid qilmang” — Otabek Bakirov

Oʻzbekistonda benzin yoqilgʻisi yaqin kelajakda arzonlashmaydi, bunga sabab oligarxlarning xususiy monopoliyalari. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Bakirovga koʻra, benzinning narxi oʻzbekcha “xususiylashtirish”ga bogʻliq emas. Balki oligarxlarning xususiy monopoliyalari.
«Hukumatning oʻzi raqobat muhitini yaratishni istamasa, ochiq bozor va teng imkoniyatlarni ragʻbatlantirish oʻrniga oʻziga yaqin monopoliya va oligarxlarni boshini silasa, ertangi kunga zarracha umid qilmasayam boʻlaveradi» - dedi Bakirov.
Iqtisodchining yozishicha, Keles chegarasigacha boʻlgan masofa (1700 km) uchun bir tonnasi uchun 150 dollar boʻlgan bir paytda ichki temir yoʻl orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dolllarni tashkil etadi.
«Temir yoʻl infratuzilmasi hukumat bilan chatishib ketgan monopolistlar qoʻlida va doʻstlarga “skidka”, begonalarga tarif koʻrinishida ishlaydi.
Importyorlar katta hajmlarda benzin mahsulotini olib kirganda ularni saqlash uchun sigʻimlar mavjud emasligi hamda mavjud boʻlgan sigʻimlar ijarasi qimmatligi. Katta sigʻimlar monopolist va oʻgʻri oligarxlar qoʻlida.
Neft omborlarini tekinga egallab olgan oʻgʻri oligarxlar hatto monopolistlar reyestriga qoʻshilmagan (bu ishga qoʻl urgan antimonopoliya rahbarini yana boʻshatvorishadi).
Benzin mahsuloti barcha standartlarga toʻgʻri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qoʻshimcha majburiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi. Notarif cheklovlarni oʻrnatish hukumatning sevimli vositasi bu orqali begonalar oʻyindan chetlatib turiladi», - deydi u.
Bakirovning aytishicha, ayni vaqtda Oʻzbekistonga Turkmanistondan benzin importi deyarli toʻxtab qolgan, bunga esa joʻyali sabablar bor.
«Turkmaniston davlatidan benzin mahsulotini xarid qilish jarayoni juda koʻp vaqtni talab qilishi. Bu byurokratiya urush boshlangach, 2022-yildan keyin shimollik oq xoʻjalarning topshirigʻi yoki bosimi bilan maqsadli ravishda uyushtirilgan. Natijada Turkmanistondan benzin importi avvaliga karrasiga qisqargan va keyin deyarli toʻxtab qolgan», - dedi Otabek Bakirov.



