So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Toshkentda “Yangi avlod” sanoat zonasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 27-fevral kuni Toshkent shahrida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi.
Yigʻilishda bu boradagi ishlarni poytaxtda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida Toshkent shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklida “Toshkent invest kompaniyasi” tashkil etilgan.
Kompaniya boʻsh yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalari va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

Shu munosabat bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, poytaxtda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi, “hayotiy davr shartnomasi” asosida hamkorlik qilish tartibi tasdiqlanmoqda.
Taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi toʻgʻrisida axborot berildi.
664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 mlrd dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini oʻzlashtirish, 2,5 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish, yiliga 1 trillion soʻmdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Poytaxtda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.
Shu maqsadda Toshkentning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Dasturda “Gastronomik turizm” va “hunarmandlar” koʻchalarini tashkil etish, zamonaviy savdo-servis obyektlari va mehmonxonalar qurish, kanallar boʻyida yashil va dam olish hududlarini barpo etish koʻzda tutilgan.
Bu boradagi ishlarni mahalla darajasida tashkil etish, bunda mahallalarning oʻsish nuqtalarini aniqlab, muayyan faoliyat turiga ixtisoslashtirish va hududlarni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha “Andijon tajribasi”dan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.
Davlat rahbari taqdim etilgan hujjat loyihalari va takliflarni maʼqullab, ularning ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.



