So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻridan-toʻgʻri Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi
Eksportchilarga koʻmakchi boʻlib, milliy sertifikatlar xorijiy davlatlarda tan olinishi boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, sifatsiz mahsulotlar importining oldini olish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi bitim talablarini amaliyotga joriy etish agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Ushbu taqdimotda soha oldida turgan vazifalarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar koʻrib chiqildi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻridan-toʻgʻri Hukumat boʻysunuviga oʻtkazilishi belgilandi.
Eksportchilarga koʻmakchi boʻlib, milliy sertifikatlar xorijiy davlatlarda tan olinishi boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, sifatsiz mahsulotlar importining oldini olish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi bitim talablarini amaliyotga joriy etish agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanadi.
Shuningdek, agentlik soha uchun kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga bevosita masʼul boʻladi, aholi va tadbirkorlar bilan ishlashda shaffoflikni taʼminlash uchun sohani toʻliq raqamlashtiradi.

Joriy yilda rivojlangan davlatlar bilan sinov natijalarini ikki tomonlama tan olish boʻyicha kelishuvlarga erishish ishlarini davom ettirib, 1,2 mingta korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etish muhimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, texnik reglamentlar bilan qamrab olingan mahsulotlar turini koʻpaytirish, amaldagi 19 ta texnik reglamentni qayta koʻrib chiqish va yangilash, etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini joriy qilish ishlarini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Jahon savdo tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida agentlik tuzilmasida Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazini ishga tushirish taklif qilindi.
Kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida xorijiy konsultantlarni jalb qilish va tarmoqlarda standartga masʼul kadrlarni oʻqitish kerakligi aytildi. Sohani raqamlashtirish maqsadida “Texnik tartibga solish” yagona elektron axborot tizimi ishga tushirilishi belgilandi.

Davlat rahbari ushbu takliflarni maʼqullab, joylarga chiqib, korxona va tadbirkorlar bilan uchrashish, ularning standart sohasidagi muammo va takliflarini oʻrganish muhimligini taʼkidladi hamda mutasaddilarga qaysi standartlarni ishlab chiqish yoki qayerda laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha aniq rejalarni belgilab, ijrosini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi.
Qayd etish kerak, ushbu agentlikka Energetika vazirining oʻrinbosari Akmal Jumanazarov direktor etib tayinlandi.



