So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
GEF Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida ekotizimlarni tiklash sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun 26 mln dollar ajratadi

13-fevral kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Global ekologik fond (GEF) rahbari Karlos Rodriges oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Vazir GEF rahbarini joriy yilning fevral oyi boshida Vashingtonda (AQSH) Global ekologik fond kengashining 66-yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi va mintaqaviy loyihalarni rivojlantirishdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

«Markaziy Osiyo vazirlari ekotizimlarni tiklash va iqlim oʻzgarishining oldini olish boʻyicha mintaqaviy hamkorlikka tayyor. Beshta davlat bir-biriga bogʻlangan, Markaziy Osiyo mintaqasi esa bir ekotizimdir», — dedi Aziz Abduhakimov.
Maʼlumot uchun, GEF Kengashining 66-yigʻilishi doirasida Ekotizimni tiklash, tabiiy resurslarni boshqarishni yaxshilash va mustahkamlikni oshirish uchun Markaziy Osiyo suv va quruqlik aloqalari (CAWLN) Mintaqaviy dasturining 5 ta loyihasiga 26 million dollar ajratildi.
Taʼkidlash joizki, umumiy qiymati 18,6 million dollar boʻlgan beshta loyihadan toʻrttasi Oʻzbekiston ishtirokida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi (BMT FAO) koʻmagida amalga oshiriladi.
Bu loyihalarga Markaziy Osiyoning zaif ekotizimlarida yerlarni tiklash, Amudaryo, Zarafshon, Panj, Sirdaryo va Norin daryolari havzalarida suv resurslarini kompleks boshqarishni kuchaytirish, ekotizimlar va bioxilma-xillikni saqlashni yaxshilash uchun tabiiy resurslarni kompleks boshqarish kabilar kiradi.
Oʻz navbatida Karlos Rodriges Oʻzbekiston tomonini Hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14 yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtayotgani bilan tabrikladi va ushbu tadbir Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari vazirlarini samarali qarorlar qabul qilish uchun birlashtirish imkonini berganini taʼkidladi.

«Men vazirga Global ekologik fondning moliyaviy koʻmagida mintaqaning zaif ekotizimlarini himoya qilish va saqlashga qaratilgan hamkorlikning yangi davrini boshlashga yoʻl ochib berishdagi xizmatlari uchun oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», — dedi GEF bosh direktori Karlos Manuel Rodriges.
Muzokaralar chogʻida 2025-yilda Oʻzbekistonda GEF Assambleyasini oʻtkazish, Ochiq dengiz boʻyicha xalqaro shartnoma, “Central Asian Green University” bilan hamkorlik qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.



