So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Kresloni oʻziga «nikohlab” olgan noinsoflar, xalqqa xiyonat qilishga nima haqqing bor?» — Mirzayev bir guruh “glavvrach”larni ishdan boʻshatdi
Zoyir Mirzayev oʻtkazgan yigʻilishda 10 TTB boshliqlari ishdan olindi, “Toshkent viloyati dori-darmon” AJ rahbariga hayfsan berildi va kasallarga qoʻshib dori yozib berayotgan shifokorlar tanqid qilindi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev TTB rahbarlari va soha mutaxassislari bilan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda bemorlarga taklif qilinayotgan dori-darmon vositalarining sifati, berilayotgan shifokor retsepti qay darajada asosli ekanligi xususida soʻz bordi.
Viloyat hokimi yigʻilish boshida mahalliy ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan shartnoma imzolamagani uchun Angren, Oxangaron shahri, Bekobod, Boʻstonliq, Qibray, Quyi Chirchiq, Oxangaron, Pskent, Chinoz va Yangiyoʻl tumanlari TTB rahbarlarini lavozimidan ozod qilish boʻyicha topshiriq berdi.
Ushbu topshiriq ijrosini bajarish Otabek Sultonbekovga (Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari) va SSB rahbariga topshirildi.
«Bularga faqat import dori kerak. Nimaga keldilaring yigʻilishga? Nimaga davlat rahbarini murojaatini eshitib turib, nima haqlaring bor bajarmaslikka? Kim sizlarga shunday vakolat berdi?» - deb dakki berdi Mirzayev.
Shuningdek, viloyat rahbari moliya boshqarmasiga ishchi guruh tuzib, “offshor”, “obnal”chi firmalar bilan shartnomalar tuzgan rahbarlarni aniqlashni topshiriq berdi.
«Bir umrga kasalxonani “kreslo”sini nikohlab olgan noinsof ikki-uchtang oʻtirvolib, dori-darmonlarni ota-bobongdan qolgan firmadan olishga kim ruxsat berdi? Xalqqa hiyonat qilishga nima haqlaring bor? Kasalning rizqidan qirqib, qanaqa qilib baraka topmoqchisizlar?», - dedi Mirzayev.
Hokimning maʼlum qilishicha, Toshkent viloyatida 5700 nafardan ortiq shifokorlar bemorlarga retsept yozib beradi. Xususan Pskent tumanida oddiy bemorlarga 8-10 ta dorilarni qoʻshib yozib berish holati aniqlangan. Shu munosabat bilan hokim ushbu tumanga prokuratura organlarini jalb qilib, korrupsiyaviy holatlarni aniqlash boʻyicha topshiriq berdi.
«Pskent shifokorlari rekord oʻrnatdi, qayerdan kelyapti 8-10 ta dori? Kasalxona atrofida joylashgan kasalxona kimga tegishli ekanligini oddiy kasal ham biladi», - dedi Mirzayev.
Yigʻilish davomida aytilgan kamchiliklarni eʼtiborga olmasdan, ularga befarq qaragan “Toshkent viloyati dori-darmon” AJ rahbariga “hayfsan” berildi.
Shuningdek, Zoyir Mirzayev tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari faoliyatini tanqid qildi:
«Oʻzi ham yemaydi, birovga ham bermaydi. Hech narsaga eʼtibor bermaydi, yantoqlar oʻsib yotgan, daraxtlar qurib ketgan, bruschatkalarni dabdalasi chiqqan, asfaltlar qoʻporilib ketgan.
Lekin janob “glavvrach” bita yoʻl bilan kiradi, qaytib oʻsha yoʻl bilan uyiga chiqib ketadi. Boshqa yoʻldan yursalar oyoqlari qayrilib qoladi, bunday odamlar uzoq yashaydi. Undan xalqqa nima naf? Manga desa 50-yil ishlamaysanmi? Besh yil ishlab, lekin haykal qoʻyadigan darajagacha borish mumkin. Bunday rejim bilan uzoqqa borib boʻlmaydi», - dedi hokim.
Shuningdek, hokim Otabek Sultonbekovga har oyda Farmatsevtika kengashini yigʻilishini tashkillashtirish vazifasini yukladi. Ushbu yigʻilishda kasallarga qoʻshib yozib berayotgan shifokorlar jalb qilinishini va ularni hisobotlarini eshitilishini aytdi.
«Pskent va Chinoz tumanida vaziyat oʻzgarmasa hokim oʻrinbosari va qolganlarni ishdan olamiz. Davolaydigan shifokor, kresloga amaldor topiladi, «men ketsam kasalxonaga nima boʻladi?» deb oʻylamanglar», - dedi hokim.
Yigʻilish yakunida Zoyir Mirzayev hokim oʻrinbosarlari faoliyatiga toʻxtalib, ularni muammolarni bartaraf qilish boʻyicha taklif bermayotganini sababini aytdi.
«Hokim oʻrinbosarlari nega taklif bilan chiqmaydi? Chunki ularning “tili qisiq” sherik», - dedi hokim.