So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Oʻzbekistonliklar uchun Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati uzaytirildi
Oʻzbekiston fuqarolari uchun Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddatini 5 kundan 30 kungacha uzaytirildi.
2000-yil 7-iyuldagi Fuqarolarning oʻzaro sayohat qilish shartlari toʻgʻrisidagi ikki mamlakat hukumatlararo bitimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi protokol bugun, 2024-yil 31-yanvarda parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi.

«Bayonnoma davlat rahbarining 2022-yil dekabr oyida Toshkentga tashrifi chogʻida imzolangan. Ushbu hujjat ikki davlat fuqarolari uchun teng asosda, vaqtincha roʻyxatdan oʻtmasdan, 30 kunlik boʻlish huquqini belgilab beradi. Muddat tugagandan keyin ular vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishlari kerak boʻladi», — dedi Qozogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Erjan Sadenov.
Yangi hujjat ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida boʻlishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi hamda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, biznes va madaniy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.
«Ammo ularning qolish muddati olti oy ichida 90 kundan oshmasligi kerak. Hozirda Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtish majburiydir, barcha chet elliklar uchun immigratsiya kartalari talab qilinmaydi. Kartalar 2020-yildan boshlab talab qilinmaydi. Ushbu tuzatish bizning tashabbusimiz bilan ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston tomoni protokolni 2023-yil aprelida ratifikatsiya qilgan», — dedi Yerjan Sadenov.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir