So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Oʻzbekneftgaz”: Ustyurt regionidagi konlarda gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar holati oʻrganilmoqda
Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari konlarda tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini oʻrganish maqsadida Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida boʻldi.
Havo haroratining keskin pasayib, joylarda -20S gacha tushib ketishi, buning oqibatida obyektlarning texnologik jarayonlarida kelib chiqayotgan muzlab qolish holatlariga qaramasdan uglevodorodlar zaxiralarini koʻpaytirish, konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish hamda texnologik obyektlarni ishga tushirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijrosi hamda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar joyida oʻrganildi.
Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini oʻstirish Dasturi doirasida olib borilayotgan burgʻilash ishlarini nazorat qilish maqsadida “Quyi Shimoliy Berdax” 4-sonli izlov qidiruv qudugʻini burgʻilash jarayonlari bilan tanishib chiqildi.
“Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 10, 114 va 117-sonli, “Sharqiy Berdax” konidagi 97-, “Sharqiy Berdax” konidagi 7, 32, 33, 58, 69 va 75-sonli quduqlarida bajarilayotgan burgʻilash va kapital taʼmirlash ishlari joyiga chiqqan holda nazorat qilindi.
Oʻrganishlar davomida ushbu tadbirlarni bajarayotgan pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilinib “Oʻzbekneftgaz” AJ departamentlari va Ustyurt boshqarmasining, shuning pudratchi tashkilotlarning rahbar va xodimlariga quduqlarni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Dekabr oyining oʻtkan 14 kunida Ustyurt boshqarmasi boʻyicha jami 3 ta, shulardan 2 ta yangi - “Quyi Sharqiy Berdax” 4 va 10-sonli quduqlar burgʻilash ishlaridan va yana 1 ta - “Quyi Surgil” 21-sonli qudugʻi kapital taʼmirlash ishlaridan soʻng ishga tushirilib, natijada kunlik tabiiy gaz qazib chiqarishni 700 ming kub metrga koʻpaytirishga erishildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ belgilangan geologo-texnik tadbirlarni samarali amalga oshirish orqali 2022-yil yakuniga qadar jami 6 ta quduqni burgʻilash va kapital taʼmirlash ishlaridan ishga tushirish natijasida kunlik gaz qazib chiqarishni yana 1,0 mln. kub metrga oshirish boʻyicha ishlar jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati