So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ruslan Nuriddinov yana bir karra jahon chempioniga aylandi
Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik.
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida boʻlib oʻtayotgan Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nuriddinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Bu natija bilan u ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi oʻzbek ogʻir atletikachisiga aylangan. Nuriddinov dast koʻtarish mashqida 177 kg, siltab koʻtarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini koʻrsatib, 3 yoʻnalishda oltin medallarga egalik qildi.
Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Ruslan eng yaqin taʼqibchisini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.
Ogʻir atletika boʻyicha JCH. Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (Oʻzbekiston) - 397 (177+220) kg
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg
3. Rafael Kastilyo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg.