Qidirish

09:49 / 2022-12-16 125 0 Biznes

“Oʻzbekneftgaz”: Birja savdolari orqali 16-dekabr kuni 6250 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qoʻyildi

2022-yil 15-dekabr kuni 4,2 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,0 ming tonna Buxoro va 1,2 ming tonna Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida.

world-news

Joriy kuni 6250 tonna AI-80 avtobenzin (Buxoro NQIZ 5000 tonna, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK 1250 tonna) birja savdolariga qoʻyilib, sotildi. Bunda, har bir tonna Buxoro NQIZdan qoʻyilgan avtobenzin uchun narx 6273 ming soʻmdan (4705 soʻm / litr), “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XKdan esa 6320 ming soʻmdan (4740 soʻm / litr) shakllandi.

Joriy oyning 16-dekabr kuni birja savdolarida jami 6250 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi, shundan Buxoro NQIZ tomonidan 5000 tonna va “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK tomonidan 1250 tonna.

Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro NQIZ tomonidan Ai-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.

Joriy oy davomida neft bazalarga jami 46772 tonna, jumladan 15-dekabr kuni 3486 tonna Ai-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.

2022-yil 15-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 5908 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 251 tonna, Toshkent shahri va viloyatiga 3164 tonna, Andijonga 108 tonna, Buxoroga 176 tonna, Jizzaxga 179 tonna, Qashqadaryoga 223 tonna, Navoiyga 238 tonna, Namanganga 391 tonna, Samarqandga 252 tonna, Surxondaryoga 370 tonna, Sirdaryoga 193 tonna, Fargʻonaga 45 tonna va Xorazm viloyatiga 318 tonna. 2022-yil 16-dekabr holatiga jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 42,1 ming tonna va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida 2 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.

Neftni qayta ishlash zavodlarida 97,5 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Fikr bildirish