So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Samarqandga 100 ta elektrobus xarid qilinadi — Prezident qarori
Samarqand shahrida aholi va ekologiya uchun xavfsiz transport tizimini takomillashtirish maqsadida 100 ta elektrobus va 50 ta quvvatlash qurilmasi ishga tushiriladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, 2023-yilning 17-may kuni “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish uchun 3-yillik imtiyozli davr bilan 18-yil muddatga bitim imzolangan.
Loyiha doirasida Samarqand shahrida haydovchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazini oʻz ichiga olgan, harakat tarkibini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga moʻljallangan avtobus saroyini rekonstruksiya qilish va tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurish koʻzda tutilgan.
100 ta elektrobus va 50 ta quvvatlash qurilmasi xarid qilish boʻyicha “Samarqandyoʻlovchitrans” davlat korxonasi va xalqaro tenderda gʻolib deb topilgan Xitoyning “Yutong Bus Co., LTD” kompaniyasi oʻrtasida shartnoma imzolangan.
Shartnoma doirasida 6 ta elektrobus va 3 ta quvvatlash qurilmasi olib kelingan va elektrobuslar shahar jamoat transporti yoʻnalishlariga qoʻyilgan.
Loyihaning amal qilish davri 3-yilni (2023–2025-yillar) tashkil qiladi. Unga koʻra, Elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari xususiy sektorga (tashuvchilarga) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan moliyaviy ijaraga beriladi.
Shuningdek, elektrobuslar loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri 7-yil muddatga biriktiriladi.
Qolaversa, 10-yil muddatga moliyaviy ijara shartnomasi tuziladi hamda ijara tushumlari Samarqand viloyati jamoat transportini moliyalashtirish boʻyicha maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari, Ijarachi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasida belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan taqdirda elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari ijarachining mulkiga toʻliq oʻtkaziladi.
Rekonstruksiya qilinadigan avtobus saroyi tashuvchilarga (tanlov gʻoliblariga) ijara asosida xizmat koʻrsatadi va uchinchi shaxslarga sotilishi hamda begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir