So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʼzbekistonda bir oyga 621 ming soʼm topgan odam kambagʼal emas
Oʼzbekistonda 2024 yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming soʼm deb belgilandi. Bu haqda Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotnomoda aytib oʼtilgan.
Joriy 2024 yil uchun esa hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlarining qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming soʼm deb belgilandi. Bu oʼtgan yilgi koʼrsatkichdan 9,3 foizga yuqori. 2023 yil iyul oyida bu miqdor 498 ming soʼmdan 568 ming soʼmgacha oshirilgandi. Shuningdek, koʼrsatkich 2022 yil yanvaridan boshlab esa 498 ming, 2021 yilda esa 440 ming soʼmni tashkil etgan.
Minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib hisoblangan kambagʼallik chegarasidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
• davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʼmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
• mamlakatning kambagʼallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
• kambagʼallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
• pensiyalar va nafaqalarning yeng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʼal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʼmaklarni koʼrsatishda mezon sifatida.
Qayd etish kerak, hukumatning 2021 yil 27 avgustdagi 544-son qarori bilan Oʼzbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati hisoblab kelinadi.