So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Toshkentda “Men gʻolibman” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi
14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32-yilligini nishonlash munosabati bilan, 2024-yilgi yugurish mavsumini ochib bergan, “Men gʻolib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Vatanparvarlik yugurish musobaqasida nafaqat Oʻzbekiston qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy oʻquv muassasalarining kursantlari, balki professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi.
Tadbir asosiy tashkilotchisi – Yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – “Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qoshidagi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi koʻmagida boʻlib oʻtdi.
“Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasi anʼanaviy tarzda yiliga ikki marta – Vatan himoyachilari va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun, hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkaziladi.
2021-yildan boshlab “Men gʻolib” yugurish musobaqasi Oʻzbekiston kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari, harbiy xizmatchilar, harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida eng kutiladigan sport musobaqalaridan biri boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy va kuch ishlatish tuzilmalarining rahbarlari oʻz xodimlarining jamoaviy ruhini qoʻllab-quvvatlash uchun yetib kelishdi.
“Men gʻolib” yugurish musobaqasining ochilish marosimida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi hamda Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Mudofaa vaziri oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Zafar Qurbonov, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Sanjar Zuparov, Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi.
«Men Gʻolib» ommaviy yugurish musobaqasi oʻz mamlakatining chinakam vatanparvarlari uchun muhim voqeadir. Sport ommaviy yugurish musobaqasi har bir harbiy-kuch tuzilmalarining munosib vakillarini bir start maydonchasida toʻplash va ularning mardligi, jasorati va Oʻzbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yoʻlidagi fidokorona xizmatlari uchun ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish uchun qulay imkoniyat boʻldi», – dedi Viktor Mahmudov oʻzining tabrik nutqida,
Ilk marotaba 10 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni 3 km masofada yugurishga arizalar sonidan oshib, bu Oʻzbekistonda yugurishning tobora ommalashib borayotganidan va sogʻlom turmush tarziga ongli ravishda yondashishdan dalolat beradi.
Avlodlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodni Vatan himoyachilari bayrami bilan tanishtirish maqsadida katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birgalikda “Men gʻolib” vatanparvarlik-yugurish musobaqasida 3 km masofaga yugurishdi. Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.
Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatishsh tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va oʻquv taʼlim muassasalarining 6 ta jamoasi Men Gʻolib kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi vakillari ham bor edi. Oʻquv taʼlim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qoʻmitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.
“Men gʻolib” jamoaviy musobaqalarida toʻrtinchi marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Yakka tartibdagi birinchilik gʻoliblari quyidagilar boʻldi:
3 km (erkaklar):
1.Nodirbek Mutalipov - 8:43
2.Otabek Toshquvatov - 8:46
3.Xasan Mirsoatov - 8:47
3 km (ayollar):
1.Maryam Tojiboyeva - 11:03
2.Viktoriya Morozova - 11:25
3.Oydina Ikromova - 11:30
10 km (erkaklar):
1.Bekzod Baymatov - 32:31
2. Shahram Abdurahmonov - 33:12
3.Muxriddin Mirzaliyev - 33:27
10 km (ayollar):
1.Abdullayeva - 47:03
2.Laziza Temirova - 47:03
3.Diana Vyazikova - 47:04