So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan 8 turdagi hisobot va statistik maʼlumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati tasdiqlandi.
Qarorda aytilishicha, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.