So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: 2023-yilning asosiy koʻrsatkichlari eʼlon qilindi
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bugun mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi asosiy generatsiya tarmogʻi hisoblanadi. Tarmoq korxonalarining yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidagi ulushi 70 foizdan koʻproqni tashkil etadi.
2023-yil davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan jami 54,2 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu rejaga nisbatan 1,4 mlrd.kVt.soatga koʻp boʻlib, qoʻyilgan vazifa 102,6 foizga bajarildi.
2023-yilda investitsiya loyihalari doirasida 622,63 mln. AQSH dollari oʻzlashtirildi, bunda belgilangan reja ijrosi 100,1 foizni tashkil etdi. Investitsiya dasturi doirasida yangi, zamonaviy, energotejamkor qurilmalarni joriy etish maqsadida, Tolimarjon IES AJda 1065 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasini qurishga start berildi. Toshkent IEMda 2024-yilning birinchi choragida 64 MVt ga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushiriladi.
Issiqlik elektr stansiyalarini 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energoqurilmalarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada energoqurilmalarning mavjud quvvati 209 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 483 tonna/soatga oshirilishiga erishildi.
Shuningdek, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi “Chilonzor-5” va Shoyxontohur tumanidagi “Gʻarbiy-3” sonli issiqlik markazlari qozonxonalari modernizatsiya qilindi. Eʼtiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham, zahira yoqilgʻisini yoqish evaziga isteʼmolchilarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi.
Qolaversa, Chilonzor tumanining “Oqtepa” va “Bogʻzor” mahallalari hududida yangi, zamonaviy, energotejamkor kogeneratsiya qurilmasi barpo etildi. Bu yerda 4,6 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 2 ta gaz-porshen qurilmasi hamda 25,4 Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi 2 ta Bosch qozonlari oʻrnatildi. Natijada issiqlik tarmoqlaridagi yoʻqotishlar 90 foizga kamaytirilishiga, qoʻshimcha yiliga 32,0 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga hamda 1,0 mln. kubmetr tabiiy gazni tejash imkoniyati paydo boʻldi.
2023-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 35 ta loyiha asosida qiymati 35 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Amalda ushbu koʻrsatkich 48,1 mlrd. soʻmga yoki 137 foizga bajarildi. Qolaversa, kooperatsiya savdolari boʻyicha 169 mlrd. soʻmlik mahsulot xarid qilish prognoz qilingan boʻlib, amalda 180,1 mlrd. soʻmga yoki 106 foizga yetkazildi. Importni qisqartirish boʻyicha olib borilgan chora-tadbirlarga koʻra 18,5 mln.dollarlik mahsulot oʻzimizda ishlab chiqarilib, belgilangan yillik reja ijrosi 107,4 foizni tashkil etdi.
Eʼtiborlisi, aksiyadorlik jamiyatida oʻz ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini “yashil energiya” hisobidan qoplash boʻyicha ham tizimli ishlar olib borilyapti. Xususan, Davlatimiz rahbarining ushbu yoʻnalishdagi bir qator topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 9,6 MVt quvvatga teng quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi. Hozirda mazkur quvvatni 15 MVtga yetkazish choralari koʻrilyapti.
Maʼlumot oʻrnida, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibida 5 ta elektr stansiyasi, 3 ta elektr markazi, 3 ta xizmat koʻrsatuvchi pudratchi korxona va Toshkent issiqlik markazi mavjud. Elektr stansiyalari va markazlarida sutkasiga 24 soat generatsiya jarayoni olib boriladi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati