So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Odamlarni rozi qilishga intilmagan tuman hokimlarining ishlashga haqqi yoʻq” — Prezident
2022-yil davomida doimiy bandlar soni Kitob, Koson, Mirzaobod, Narpay, Nishon, Furqat tumanlarida kamaygani, 100 ming gektar yerning 4 ming gektarida ekin ekilmagani tanqid qilindi.
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Yigʻilishda yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim hududlarda aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari yaxshi emasligi koʻrsatib oʻtildi.
2022-yil davomida doimiy bandlar soni Kitob, Koson, Mirzaobod, Narpay, Nishon, Furqat tumanlarida kamaygan. Tegishli viloyat hokimlariga uch kun muddatda ushbu tuman hokimlarga nisbatan chora boʻyicha taklif berish topshirildi.
Xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yoʻgʻi 1 nafarni tashkil qiladi. Bu degani, ular haliyam “yashirin iqtisodiyot” sharoitida ishlab, “konvert”da oylik toʻlab kelmoqda.
Bunday holat 47 ta tumanda eng yuqori. Misol uchun, Nukus, Zarbdor, Mirishkor, Muzrabot, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida – 80 foiz, Jondor, Koson, Urgut, Pastdargʻom, Uchqoʻrgʻonda – 75 foiz, Guliston, Namangan, Qoʻshkoʻpir tumanlarida – 70 foiz korxonalarda 1 ta ish oʻrni koʻrsatilgan.
Chakana savdo, yoʻlovchi va yuk tashish, qishloq xoʻjaligi xizmatlari, mehmonxona, oshxona, Ay-Ti, avtomobil taʼmirlash kabi faoliyatlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilgan.
Ushbu 47 ta tumandagi korxonalarning yarmidan koʻpi aynan shu faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Lekin, bu tumanlardagi korxonalar adolatli soliq toʻlash va davlat bilan hamkorlikka oʻta olmayapti. Shuningdek, 25 yoshgacha boʻlganlarni ishga qabul qilganda, tadbirkorlar 6 oy davomida ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.
“Bu imtiyozlar aynan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki berishga qaratilgan-ku! Lekin, ushbu tumanlarning hokimi, birinchi oʻrinbosari va soliq rahbari nima bilan band? Nima uchun, 70-80 foiz korxonalarida 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib koʻrmagan?”, - soʻradi davlat rahbari.
Viloyat hokimlariga masʼul idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bu 47 ta tumanda soʻrov oʻtkazib, har biriga alohida yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi. Yigʻilishda aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar yerning 4 ming gektarida ekin ekilmagani koʻrsatib oʻtildi.
Xususan, Kosonda – 1,2 ming gektar, Bekobodda – 141 gektar, Nishonda – 123 gektar, Gʻuzorda – 116 gektar, Sariosiyo, Ellikqalʼa va Shumanayda – 90 gektardan yerlarda ekin ekilmagan.
“Odamlarimizni daromadli qilish maqsadida bu yerlarni oziq-ovqat ekish uchun boʻlib berdik. Qachon bunday boʻlgan? Lekin, tayyor ekin yeriga ega topa olmagan tuman hokimi oʻzi nima ish qiladi?”, - dedi Prezident.
Tegishli hududlar rahbarlariga ushbu 7 ta tuman hokimlari boʻyicha taklif berish topshirildi. Oʻtgan davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi 15 ta tumanda pasaygan. Xizmatlar sohasida ham 15 ta tumanda oʻsish surʼatlari past.
“Mayli, bular sanoatni qila olmasin, chetdan investitsiya olib kelishni bilmasin, lekin xizmatlarni rivojlantirib, odamlarni rozi qilishga intilmagan tuman hokimlarining ishlashga haqqi yoʻq”, - dedi davlat rahbari.
Bu tumanlar hokimlarining 1-oʻrinbosarlari, iqtisodiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish topshirildi. Kelgusi yilda 2 million aholiga daromad manbaini yaratib berish, bunda mehnat bozoriga kirib keladigan 700 ming nafar yoshlarni band qilishga alohida yondashuvlar joriy qilish, bugungi kunda mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band boʻlgan 1,7 milliondan ortiq aholini yil davomida ishlashiga sharoit qilib berish, norasmiy band boʻlgan 3,8 million aholining kamida 50 foiziga qonuniy faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratish kabi vazifalar belgilab berildi. Oʻn kun muddatda aniq hisob-kitoblar bilan 2023-yil uchun aholi bandligi boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.