Qidirish

18:33 / 2022-12-15 107 0 Biznes

“Oʻzbekneftgaz”: Dekabr oyining 1-14 kunlarida 5 ta quduqlarni ishga qoʻshish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish 1,3 million kub metr oshirildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

world-news

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida konlar va ishlab chiqarish obyektlarida havoning keskin sovib ketishi oqibatida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramasdan yangi quduqlarni burgʻilash, mavjud quduqlarni kapital taʼmirlash, shuningdek texnologik obyektlarni ishga tushirish boʻyicha tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadlarda 2022-yilning 1-14-dekabr kunlari “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 4 ta yangi quduqlar burgʻilash ishlaridan va yana 1 ta quduq mukammal taʼmirlashdan ishga tushirilishi natijasida kunlik gaz qazib chiqarish 1,3 mln.kub metrga oshirildi.

Jumladan, Muborak regionidagi “Yangi Alat” konidagi 2 va 3-sonli quduqlarni ishga tushirish natijasida kunlik 600 ming kub metr, Ustyurt regionidagi “Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 4-,10 hamda “Quyi Surgil” konidagi 21-sonli quduqlarni ishga qoʻshish natijasida esa kunlik 700 ming kub metr hajmda tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.

Maʼlumot uchun: 2022-yilda yangi ochilgan “Yangi Alat” koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan. Ushbu koni Respublika mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida ochilgan. “Quyi Sharqiy Berdax” va “Quyi Surgil” konlari 2021-yilda ochilgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Fikr bildirish