So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston 20 dan ortiq tarmoq boʻyicha hamkorlik organlariga va tarmoqlar boʻyicha 24 ta muhim bitimga qoʻshildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan.

Uchrashuvda 2023-yilgi koʻp tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.

MDH doirasida koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Hamdoʻstlikda faol ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston 20 dan ortiq tarmoq boʻyicha hamkorlik organlariga hamda ustuvor soha va tarmoqlar boʻyicha 24 ta muhim bitimga qoʻshildi. MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi boʻyicha loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi va deyarli barcha tarmoqlarni qamrab olgan.

Davlat rahbari MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni tubdan kengaytirish va hamkorlikning amaldagi institutsional mexanizmlari samaradorligini oshirish zarurligini alohida qayd etdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir