So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Xato 100 foiz oʻzimda, hech qanday yoʻl bilan oʻzimni oqlamayman. Ammo pozitsiyamni oʻzgartirmayman” — Zulmatda oʻtirish yaxshiligini aytgan deputat bilan suhbat
Deputat Effect.uzʻga bergan intervyusida, oʻzini “mashhur” qilgan postlar yuzasidan jamoatchilikka izoh berdi. Bundan tashqari u nima uchun qamoqda oʻtirgani, nega lavozimini tark etganini ham ochiqladi.
Effect.uz muxbiri Abror Eshonxonov Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Muzaffar Jamolitdinov bilan suhbatlashdi.
Deputat Facebook sahifasida dastlab ijtimoiy tarmoqlarda gaz, elekt taʼminotidagi uzilishlar va gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlardan shikoyat qilayotgan fuqarolarga atab, post joylagan edi. Shundan soʻng, uning posti keng muhokamalarga sabab boʻldi.
“Shamda oʻtirsang ham uyingda oʻtir, IIBni kamerasida emas. Sovuqda oʻtirsang ham bola-chaqangni oldida oʻtir, «Milliy xavfsizlik” — (MXX Prezident farmoniga koʻra, 2018-yil qayta tashkil etilib, DXX deb nomlangan edi) kamerasida emas. Metan “zapravka”da navbatda tursang ham mayli Uychi “turmani” “sanchasti”da navbatda turma.
Maʼlumot uchun, Uychi “turmani” kameralari issiq va yorugʻ. U yerda hech qachon “svet” oʻchmaydi kameralarga sovuq kiradigan ochiqlikda emas. Hamma joyi yopiq. Xulosa chiqaring», — deb yozgandi Jamolitdinov.
7-dekabr kuni deputat avvalgi postiga izoh berib, odamlarga oʻz maqsadini ifodalab berolmaganini yozgan. Shuningdek, u 10 oy davomida qamoqda saqlanganini maʼlum qilgan.
«Deputatlik vakolatim davomida jami 16 ta fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlarida fuqarolarni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoat himoyachisi boʻlib ishtirok etganman.
Shundan 6 ta fuqaroni oʻz kafilligimga olganim va ularga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlash haqida sudlarga kiritgan iltimosnomalarim sudlar tomonidan qanoatlantirilib oʻsha fuqarolar hozirda jamiyatdan ajralmagan holda ishlab oʻqib yuribdi (videomateriallar hamda sudlarni hukmlari joylanadi).
Men oʻzim saylangan okrugimdagi fuqarolar bilan xonadonbay va fuqarobay ishlashda qator ishlarni saylovchilar bilan birga amalga oshirib kelganman.
Bugungi ochiqlik siyosatida fikr bildirgan va muammolarni aytgan fuqaro qamalmasligini aksincha fuqarolar koʻtargan muammolarni bartaraf etish choralari koʻrilayotganini barcha koʻrib bilib turibdi.
Bugungi davlat siyosati shu darajada insonparvarki, xalqparvarki hatto men oʻzim ham bitta qoʻygan postim ortidan odamlarni talqini va tanqidini muhokama qilmasdan deputatlik vakolatimni muddatidan avval tugatish haqida ariza berdim», — deb yozdi Jamolitdinov.
Deputat Effect.uzʻga bergan intervyusida, oʻzini “mashhur” qilgan postlar yuzasidan jamoatchilikka izoh berdi. Bundan tashqari u nima uchun qamoqda oʻtirgani, nega lavozimini tark etganini ham ochiqladi.
— Muzaffar Jamolitdinov oʻzi kim? U qanday qilib, Yangi Namangan tumani Kengashi kotibiyati mudiri darajasigacha koʻtarildi?
Men 1990-yilda Namangan shahrida tugʻilganman. Saylovchilarning ovozini saylanganmiz. Deputatlik faoliyatimni olib borayotgan vaqtimda Yangi Namangan tumani tashkil boʻldi. Tuman tashkil etilganidan keyin, Kengashi kotibiyati mudirligiga taklif qilindim.
— Muzaffar aka deputat sifatida faoliyatingizni 2020-yil boshlagan ekansiz, shu oʻtgan vaqt davomida, oʻz vakolatingizdan foydalanib, qanday amaliy ishlarni bajardingiz? Saylovchilar, yaʼni xalqqa qandaydir yordamingiz tegdimi?
Men saylangan okrugda 3 ta mahalla bor edi: “Ishonch, «Istiqbol”, “Kelajak tongi”. Intervyuni koʻrgandan keyin, mening soʻzlarimga odamlar ishonmasligi mumkin.
Lekin bu intervyuni mahalla raislari, mahalla faollari, oʻsha hududni fuqarolari koʻradi. Hududda 12 kmdan ortiq yoʻllar asfaltlashtirildi. Muxtaram Prezidentimizning Namangan viloyatiga tashriflari davomida ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun juda katta mablagʻ ajratildi.
Deputatning funksional vazifasi — hududidagi muammolarni amaldagi dasturga kiritib, bajarish deb hisoblayman. Oʻsha qoplangan asfaltlarni manzilli dasturga kiritishga erishganmiz.
“Kelajak tongi” va “Istiqlol” mahallalarida bir nechta koʻcha asfalt boʻldi. Nima ish qilgan boʻlsam birinchi boʻlib xalq uchun, avvalo Alloh uchun qildim.
Ijtimoiy tarmoqlarda “buni oʻzi kim saylagan?”, “shu ham deputatmi?” degan izohlarni oʻqidim. Aynan ular, meni qilgan ishimni koʻrsatishga majburlashdi.
Faoliyatimni birinchi okrugimdagi mahallani suv bilan taʼminlashdan boshlaganman, buning suratlarini oʻzimni Telegram kanalimga ham joylaganman.
Suv tarmogʻi tortilgan koʻchada, yoʻq edi... Oʻsha yerda yoʻl ochtirdik. Men saylangan okrugdagi eng ogʻir hudud oʻsha joy edi, men oʻsha joydan ish boshlaganman.
Fuqarolar menga koʻchadan asosiy magistral yoʻlga olib chiquvchi yoʻlni koʻprik solib berish taklifi bilan chiqishdi. Ular agar koʻprik qurilsa asosiy yoʻlga chiquvchi yoʻl 1,5 kmdan 200 metrgacha qisqarishi mumkinligini aytishdi. Bu masalani hal qilish, juda qiyin boʻldi.
Zakangni boshqa tomonida yashovchi fuqarolar koʻprik qurilishiga qarshi edi, yoʻlni boʻyogʻi esa “koʻprik qurib ber” degan. Endi uni biror-bir manzilli dasturga kirgizib boʻlmasa...
“Mintaqa yoʻl” mutaxassislari hududga keldi, ammo bu ishni qilishga imkon yoʻqligini aytishdi. Saylovchilar oldida yolgʻonchi boʻlib qolmay degan maqsadda, oʻz choʻntagimdan boʻlsa ham qilib berdim. Hozir ikkita tomon ham murosaga kelgan, ammo keyinchalik aholi yana talab qoʻydi. Natijada yoʻllar butunlay asfalt ham qilindi.
Deputatlik faoliyatim davomida 16 ta sudda jamoat himoyachisi sifatida qatnashgan boʻlsam, 6 ta jinoyat ishi boʻyicha sudda sudlanuvchini oʻz kafilligimga olib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo toʻgʻrisida iltimosnoma kiritdim.
Shundan soʻng, 6 ta nafar bola sud zalidan ozod qilindi. Yaqinda prezidentimizning “Mahalla infratuzilmasini yaxshilash toʻgʻrisida” qarorlari chiqdi.
Sektor biladi, mana shu dasturni uch kun uxlamasdan tayyorladik. Bu mening vazifam emas edi, lekin u yerda kim muammolarni himoya qila olsa oʻshaning taklifi dasturga kiritilishini koʻrib, ketmadim.
Natijada, shu yilning oʻzida “Kelajak tongi” mahallasida 4,5 km elektr tarmogʻi tortilib, transformator oʻrnatildi, “Ishonch” MFYda 3 km yoʻl asfalt qilindi, magistral yoʻldan oʻtgan quvurdan suv sizib chiqardi, yaʼni koʻp avariya holatlari kuzatilardi, bu muammoni ham birinchi darajaga chiqardik.
“Ishonch” MFYda 2023-yilda elektr tarmogʻini tortish, poliklinika qurish rejalashtirilgan. Shuning hammasini oʻzim qilganman demoqchi emasman, buni oʻsha yerdagi tadbirkor va faollar bilan birgalikda qildim. Eng katta yutugʻim — men saylangan hududda deputat qabulxonasi tashkil qilingan.
Qabulxona ochish deputatning majburiyatiga kirmaydi. Odamlar meni qidirib yurmasligi uchun qabulxona ochganman, ishlash yanada oson boʻlishi uchun murojaat qutilarini tashkil qilganman. 3 ta mahalla uchun Telegramʻda guruh ochib qoʻyilgan. Aslida nima qilganligimni xalqni oʻzidan soʻrash kerak.
— Ana endi Facebook sahifangizga joylagan postingizga toʻxtalib oʻtishimizga toʻgʻri keladi. Kuzatib chiqdim ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol ekansiz. Aynan jamoatchilikning muhokamasiga sabab boʻlgan postni eʼlon qilganingizdan soʻng, sizni hattoki tiktoker ham deb atay boshlashdi. Sizni bu postni yozishingizga nima majbur qildi?
— Men besh yildan buyon bitta raqam ishlataman, raqamim barcha fuqarolarda bor. Ular dispetcherga telefon qilishsa koʻtarmaydi, keyin menga telefon qilishadi.
Bir marotaba “elektroset”ning “zami”ga telefon qilib, avariyani bartaraf qilib berdim. Ushbu masala boʻyicha fuqarolar menga 4 kun davomida takror-takror qoʻngʻiroq qilishdi.
Oxirgi kun telefonimning quvvati oʻchib qolgandi. Uyimga kelsam, eshigimni tagida odamlar toʻplanishgan: “12 soatdan beri “svet” yoʻq, ertalab oʻchgan hali yonmadi» deyishdi.
Oʻsha kuni salgina shamollagan edim, toʻplangan aholiga bora olmasligimni tushuntirdim. Ammo bari bir borishga toʻgʻri keldi, men yana “elektrosetdan” guruh chaqirdim. Chiroq yondi, yoqib boʻlingandan keyin meni haqorat qildi, jim ketdim.
Uyga kelib, telefonimni yoqsam, bitta fuqaro Facebookʻdan “Qoʻlingdan kelmasa, ketmaysanlarmi, shu ham Yangi Oʻzbekistonmi?” deb yozibdi.
5 yil oldin qamoqda oʻtirganman, oʻshanda boshimdan oʻtgan tashvish... Oʻzimga oʻzim “10 yil «svet”siz oʻtirsam ham, uyimda boʻlsam boʻldi» deganman. Oddiy bir “svet”ni oʻchishiga besabrsizlik qiltshsa, gazning oʻrniga muqobil energiya bor» degan tushunchada yozgandim.
Bu post mening eng katta xatoyim, mening qamalganimni tanishlarimdan boshqa hech kim bilmasligini, postim shunchalik siyosiy tus olishini bilmaganman.
Ijtimoiy tarmoqlarda “tahdid” kildi degan talqin ketdi. Imkoniyati yetadigan narsa bilan qoʻrqitish bu — tahdid hisoblanadi.
Masalan “8 yoshli bola sani uraman” desa tahdid hisoblanmaydi-ku toʻgʻrimi? Xuddi shu kabi deputatda ham qamab qoʻyishga vakolati yoʻq.
“Ogohlantirdi” degan ham talqin ketdi, bu ogohlantirish ham emas. Ogohlantirish ham deb qabul qilaylik, lekin men ommaga zarar boʻladigan narsani aytmabmanmi?
Xato 100 foiz oʻzimda, hech qanday yoʻl bilan oʻzimni oqlamayman. Oʻsha postga “qamoqda emassiz bola-chaqangizni oldida siz, targʻibotchilarga ergashib qolmang” degan qoʻshimchani qoʻshib ketishim kerak edi.
95 foiz odam, postni ochib oʻqimasdan turib, tanqid qilgan. Toʻliq matnni oʻqiganlar boshqacha fikrda. Pozitsiyamni oʻzgartirmayman, hali ham shu fikrdaman! Shukur qilish kerak.
Hukumatni tanqid qilib chiqishyapti, qamab qoʻymayaptiku toʻgʻrimi? Besh yil oldin 4 tasi qovushib, hadiksirab “elektroset”ga borishga qoʻrqishgan.
Ommani hech qachon ayblamayman, ular nimani toʻgʻri deb bilsa, shuni toʻgʻri deb qabul qildi rahbariyat. Shuning uchun men ham muhokama ham qilmasdan, izohimda uzrimni soʻradim.
— Facebook sahifangizda quyida eʼlon qilgan postingizga izoh ham joyladingiz. Unda siz 10 oy davomida qamoqxonada oʻtirganingizni yozgansiz. Ijtimoiy tarmoqlarda bu soʻzingiz ham notoʻgʻri talqin qilingan. Ommaga haqiqatni ayta olasizmi?
— Jinoyat kodeksining 189-moddasi (savdo qoidalarini buzish va rastrata qilish) va 167-modda bilan ayblanganman. Firmam boʻlgan, byudjet tashkiloti bilan shartnoma imzolaganmiz, mahsulotni qimmat sotganlikda ayblanganmiz.
Sudda qaytadan baholangan, farq kamaygan, chiqqan farqni toʻlab, sud zalidan chiqib ketganman. Adashmasam sud ajrimi bilan sudlanganlik olib tashlangan.
— Ushbu postingizga jamoatchilikdan tashqari, oʻzingizni hamkasblaringiz ham munosabat bildirishgan, ularga nima deb javob bergan boʻlardingiz?
— Bildim kimni nazarda tutayotganingizni, sobiq jamoadoshlarimdan buni notoʻgʻri qabul qilmaslikni soʻragan boʻlardim. Balki bu soʻzlarni meni izohimni oʻqimasdan turib yozgandir... Ular bizdan aqlli va saviyasi balandroq boʻlgani uchun shu darajagacha chiqqan, bizdan koʻproq “koʻynak yirtgan”. Bu menga yetarlicha dars boʻldi.
— Oʻzbekistondagi ayrim qoʻshtirnoq ichidagi amaldorlar ijtimoiy tarmoq orqali oʻz manzillariga nisbatan kerak boʻlsa har kuni tanqid toshlarini qabul qilib olishadi. Yana ayrimlari esa uzr soʻrab vaziyatdan chiqib ketishadi. Siz nega bunday vaziyatda toʻgʻridan-toʻgʻri mansabingizdan voz kechishga qaror qildingiz?
Mening hayotim oʻrnak boʻlsin deb, oʻz xohishimga koʻra ariza yozdim. Ular omma bilan kelishilmasa ishlab boʻlmasligini bilsin. Xalqning fikri bilan qiziqmagan odam, mana shunday tanqidlar ostida qolishini koʻrsin!