So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijon davlat universitetida 40 mlrd soʻm “tuya” qilingani aniqlandi
Andijon davlat universitetida stipendiya toʻlovlari orqali mablagʻlar noqonuniy oʻzlashtirilganligi aniqlandi. Bu haqda Hisob palatasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, yagona “Masofaviy nazorat” markazda oʻtkazilgan soʻnggi masofaviy tahlillar jarayonida Hisob palatasi tomonidan Andijon davlat universitetida stipendiya toʻlovlari orqali mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish risklari aniqlangan.
Aniqlangan shubhali holatlar joyiga chiqqan holda tekshirilganida jami 39,3 mlrd soʻm naqd pul mablagʻlari talon-taroj qilingan.
Jumladan:
– kontrakt mablagʻlari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd soʻm ortiqcha stipendiya hisoblanib, toʻlov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
– talabalar tomonidan toʻlangan 9,3 mlrd soʻm toʻlov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
– talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd soʻm ragʻbatlantirish mablagʻlari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
– byudjet mablagʻlari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd soʻm ortiqcha hisoblangan stipendiya oʻzlashtirilgan;
– talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln soʻmlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy oʻzlashtirilgan.
Bundan tashqari, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzib, shundan 300 mln soʻmi notoʻgʻri oʻtkazilgan.
“Aniqlangan noqonuniy oʻzlashtirilgan mablagʻlardan 5,1 mlrd soʻmi undirildi. Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar toʻplami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hisob palatasi tomonidan masofaviy nazorat tahlillari va uning natijasida aniqlangan risklar boʻyicha nazorat tadbirlarining oʻtkazilishi davom ettiriladi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir