So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Zalujniyning xonasidan yashirin ovoz eshitish qurilmalari topildi
17-dekabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniyning kabinetidan yashirin ovoz eshitish qurilmalari topildi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
“SBU”ning maʼlum qilishicha, yashirin ovoz eshitish qurilmalari Zalujniyning ofisida emas, balki u ishlashi mumkin boʻlgan xonalardan birida topilgan.
"Biz jihozlar toʻgʻridan-toʻgʻri Valeriy Zalujniyning kabinetida emas, balki kelajakda u ish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan binolardan birida topilganligini taʼkidlaymiz”, — deyiladi SBU xabarida.
“SBU” “Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qoʻmondoni doimiy joylashtirilgan joylardan birida texnik qurilmani aniqlash fakti boʻyicha” jinoiy ish qoʻzgʻatganini xabar qildi.
“Ukrainskaya pravda” internet-nashrining harbiy doiralardagi ismi oshkor etilmagan suhbatdoshlariga tayanib yozishicha, yashirin tinglash moslamasi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondonining koʻchib kirishidan oldin yangi kabinetida topilgan.
Nashrning yozishicha, tekshiruv vaqtida Valeriy Zalujniyning ayrim xodimlari kabinetlarida ham yashirin eshitish qurilmalari aniqlangan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir