So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Putin saylovda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi
Vladimir Putin partiya nomidan prezidentlikka nomzodini qoʻymaydi, balki imzo toʻplaydi, dedi “Adolatli Rossiya” yetakchisi Sergey Mironov.
“Putin birorta partiya nomidan oʻz nomzodini qoʻymaydi. U imzo toʻplaydi. Bugun tashkiliy qoʻmita yigʻilishida ushbu xabar eʼlon qilinishi kutilmoqda”, , — dedi Mironov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, “Adolatli Rossiya” Xalq fronti bilan birgalikda imzo toʻplashda ishtirok etadi.
“Oʻylaymanki, tashkiliy qoʻmitada biz qaror qabul qilamiz. Ehtimol, federatsiyaning bir nechta subyektlarini tanlaymiz, u yerda partiyamiz nomzodimiz uchun imzo toʻplaydi”, - deya soʻzini yakunladi Mironov.
Eslatib oʻtamiz, Putin oʻtgan hafta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini eʼlon qilgan edi. Bungacha u toʻrt marta: 2000, 2004, 2012 va 2018-yillarda oliy davlat lavozimiga saylangan. Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar qabul qilingandan soʻng u 2024-yilda nomzod sifatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
Federatsiya Kengashi Rossiya prezidenti saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi qaror qabul qildi, unga koʻra saylovlar uch kun – 15-17-mart kunlari davom etadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir