So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
“Oʻzbekiston temiryoʻllari” sobiq raisi Husniddin Hosilov yana tizimga qaytdi. Endilikda u kompaniyada bosh muhandis boʻlib faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston hukumatning tegishli qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston temiryoʻllari” tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan:

Hikmatulla Rahmetov – “Oʻzbekiston temiryoʻllari” boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga

Zufar Narzullayev – “Oʻzbekiston temiryoʻllari” boshqaruv raisi lavozimiga;

Husniddin Hosilov – “Oʻzbekiston temiryoʻllari” bosh muhandisi lavozimiga;

Abdumalik Komiljonov – “Oʻzbekiston temiryoʻllari” boshqaruvi raisining tashishlar va logistika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga;

Elyor Rizayev – “Oʻzbekiston temiryoʻllari” boshqaruvi raisining temiryoʻl obyektlarini taʼmirlash va qurish boʻyicha oʻrinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston temiryoʻllari” sobiq raisi Husniddin Hosilov iyul oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun ishdan olingandi.
U 1970-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1992-yilda Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Oʻzinterservis” qoʻshma korxonasi, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasi, "Oʻzbekiston temiryoʻllari” DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.
2016-yil apreldan “Oʻzbekiston temiryoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. U 2019-yilning fevralida 2002-yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov oʻrnini egallagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir