So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Prezident Yagona tezkor boshqaruv markazini borib koʻrdi
.jpeg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazini borib koʻrdi.
Maʼlum qilinishicha, Prezident markazda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirgan. Bu tizimdan foydalanib, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishini ham raqamlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini va tezkorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Qayd etish kerak, ushbu markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi. Unga ichki ishlar, adliya, sogʻliqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qoʻmitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan. Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7 ming 300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.
Bu jamoat xavfsizligiga masʼul kuch va vositalarni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Jumladan, koʻcha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi va vaziyatga qarab yoʻnaltiriladi. Natijada hodisa joyiga 3-5 daqiqada yetib boriladi.
Bular “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” maqsadlarini taʼminlash, huquqbuzarliklarni erta aniqlashda muhim oʻrin tutmoqda. Xususan, oʻtgan davrda poytaxtda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.

Yagona tezkor boshqaruv markazida “Ye-manzil”, “Shakl-1”, “Ye-mehmon”, “Kadastr” dasturlaridan maʼlumot olish ham yoʻlga qoʻyilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻqigan yoshlar tomonidan “Qalqon” nomli tizim yaratilgan.
“Bularning barchasi xalqimiz osoyishtaligiga masʼul idoralarning samarali hamkorligini taʼminlab, maʼlumotlarni yaxlit dasturda qayta ishlash, tezkor vaziyat va kriminogen holatlarni avtomatik tahlil qilish, muammolarni baholash orqali toʻgʻri qarorlar qabul qilish imkonini berayotir”, — deyiladi xabarda.



