So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
“Arsenal” taxtdan “quladi”, “Liverpul”dan yana kembek, “Yunayted” oʻz maydonida sharmanda boʻldi
Angliya premyer-ligasining 16 turi sensatsion va kutilmagan natijalarga boy oʻtdi. Turning dastlabki uchrashuvini “Kristal Pelas” — “Liverpul” uchrashuvi boshlab berdi.
Mazkur uchrashuvda “mersisaydliklar” yana bir marotaba oʻz irodalarini namoyish etishdi. “Jang”ni 54 daqida Matetaning penaltidan urgan goli boshlab berdi, biroq Jordan Ayyu 75 daqiqada jamoasini noqulay ahvolda qoldirdi, yaʼni u keraksiz vaqtda raqib futbolchisiga qoʻpollik qilib maydonni tark etdi va natijada...
Saloh 76 daqida va Kloppning zahiradagi “kuchi” Elliot qoʻshib berilgan daqiqada uzoq masofadan “Pelas”ning ikkinchi darvozaboni Mettyuzning (Jonston 87 daqiqada jarohat sabab, maydonni tark etgan) darvozasini ishgʻol qildi. Ayni vaqtda “Liverpul” turnir jadvalida birinchi oʻringa chiqib oldi.
Kristal Pelas – Liverpul 1:2 (0:0, 1:2)
Stadion: “Selxerst Park”
Gollar: 1:0 – 57, penalti Mateta, 1:1 – 76 Salax, 1:2 – 90 Elliott.
Kristal Pelas – Jonston (Mettyuz, 87), Uord, Andersen, Gexi, Klayn, Richards, Xyuz (Ozo, 90), Lerma (Olise, 68), Shlupp (Axamada, 84), Ayyu, Eduar (Mateta, 46).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Kuansa (Konate, 57), Simikas, Endo (Gomes, 46), Soboslai (Djons, 74), Gravenberx (Gakpo, 57), Saloh, Dias, Nunyes (Elliott, 74).
Ogohlantirishlar: Uord (37), Ayyu (60), Lerma (64), Richards (71), Andersen (90), Gomes (90), Dias (90), Axamada (90).
Chetlatish: Ayyu (75).
Muxlislarning endigina ishonchini qozonib turgan “qizil iblislar”, bu safar yana eski “anʼana”ga sodiq qolib, muxlislar qarshisida magʻlub boʻlishdi.

Bu safar Ten Xag shogirdlari oʻrtamiyona “Bornmut”ga imkoniyatni boy berishdi. Oʻyinga keladigan boʻlsak, APLda oʻzining tezligi bilan ajralib turadigan Dominik Solanke oxirgi vaqtlarda oʻz darvozasi oldida “qovun” tushirayotgan Andre Onanaga 5 daqiqadayoq gol sovgʻa qildi.


Ilk daqiqalardan gol oʻtkazib yuborgan “Yunayted” birinchi boʻlimni tushkun kayfiyatda oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimning 68 daqiqasida Billing, 73 minutda Senesi Ten Xagning kal boshiga “tarsaki” tushurishdi.

Manchester Yunayted – Bornmut 0:3 (0:1, 0:2)
Stadion: “Old Trafford”
Gol: 0:1 – 5 Solanke, 0:2 – 68 Billing, 0:3 – 73 Senesi.
Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Maguayr, Shou (Evans, 79), Regilon, Brunu Fernandesh, Amrabat, Maktominey, Antoni (Pelistri, 79), Garnacho (Reshford, 79), Marsyal (Xeylund, 56).
Bornmut – Neto, Smit, Senesi, Zabarnыy, Kerkez, Kristi, Kuk (Rotuell, 88), Tavernye (Uattara, 88), Klyuyvert (Sinisterra, 72), Solanke, Semenyo (Billing, 58).
Ogohlantirishlar: Tavernye (27), Regilon (30), Xeylund (60), Brunu Fernandesh (84).

Unay Emirining shogirdlari grand klublarni “savalash”ni davom ettirmoqda, bu safar “Aston Villa” turnir jadvalida birinchi oʻrinda ketayotgan “Arsenal”ni “taxt”dan qulatdi. Oʻyindagi yagona golga 7 daqiqada Makginn mualliflik qildi. Oʻyin shiddatli boʻlishiga qaramasdan “Arsenal”ni omadi chopmadi...

Aston Villa – Arsenal 1:0 (1:0, 0:0)
Stadion: “Villa Park”
Gol: 1:0 – 7 Makginn.
Aston Villa – Martines, Konsa (Kesh, 66), Diyego Karlos, Pau Torres, Din (Moreno, 78), Beyli (Diabi, 46), Makginn, Tilemans (Remzi, 56), Kamara (Dendonker, 66), Duglas Luis, Uotkins.
Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nelson, 90), Edegor, Rays, Xaverts, Martinelli (Trossard, 70), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 82).
Ogohlantirishlar: Zinchenko (28), Din (53), Duglas Luis (62), Makginn (73), Rays (77), Diyego Karlos (88).

Brayton – Bernli 1:1 (0:1, 1:0)
Stadion: “Falmer”
Gollar: 0:1 – 45 Odober, 1:1 – 77 Adengra.
Brayton – Verbryuggen, Dank (Buonanotte, 85), van Xekke, Milner (Xinshelvud, 59), Lallana (Mitoma, 46), Daud (Gilmor, 46), Baleba (Igor Julio, 59), Gross, Adengra, Joao Pedro, Fergyuson.
Bernli – Trafford, Vitinyo, OʻShi, Bayer, Teylor, Gudmundsson (Remzi, 58; Roberts, 79), Braunxill, Berge, Rodriges (Redmond, 78), Amduni (Ekdal, 82), Odober (Ndayishimiye, 78).
Ogohlantirishlar: OʻShi (14), Teylor (66), Odober (72), Redmond (86).
Sheffild Yunayted – Brentford 1:0 (1:0, 0:0)
Stadion: “Bremell Leyn”
Gol: 1:0 – 45 Makati.
Sheffild Yunayted – Foderingem, Bogl, Robinson, Axmedxodjich, Trasti, Makati (Peck, 81), Xamer, Vinisius, Bruks (Lou, 73), Osula (Sliman, 53), Archer.
Brentford – Flekken, Mi, Pinnok, Yanelt, Nergor, Onyeka (Yarmolyuk, 46), Baptist (Damsgor, 65), Goddos, Vissa, Lyuis-Potter (Olakigbe, 66), Mope.
Ogohlantirishlar: Trasti (17), Onyeka (29), Osula (51), Bogl (82), Robinson (90), Foderingem (90).
Vulverxempton – Nottingem Forest 1:1 (1:1, 0:0)
Stadion: “Molinyu Stedium”
Gollar: 0:1 – 14 Toffolo, 1:1 – 32 Mateus Kunya.
Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Douson, Kilmen, Gomesh, Bueno (Doerti, 69), Lemina (Traore, 61), Gomes, Sarabiya (Bellgard, 69), Xvan Xi Chxan, Mateus Kunya (Kalayjich, 90).
Nottingem Forest – Terner, Uilyams, Boli, Niakate, Murillo (Felipe, 78), Toffolo, Kuyate (Danilo, 63), Mangalya, Yeyts, Gibbs-Uayt, Elanga (Vud, 84).
Ogohlantirishlar: Kuyate (32).