So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Agar jurʼatingiz yetsa ochiq debatga chiqing «hurmatli” professor!» — Kusherbayev
Xabaringiz bor, Effect.uzʻda Eshmuhammad Qodirov, yuridik fanlar doktori, Toshkent davlat yuridik universiteti, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi professori Eshmuhammad Qodirovning maqolasi eʼlon qilingandi.
Oliy majlis qonunchilik palatasi sobiq deputati, Ekovazir maslahatchisi Rasul Kusherbayev professorning maqolasiga munosabat bildirdi.

“Konstitutsiyaga amal qilishni soʻrash populizm deb atalishi mumkinmas. Konstitutsiya nimaligini tushunmaydiganlargina shunday oʻylaydi.
Populizm (lotincha populus — xalq) — keng ommani oʻziga jalb etish orqali ularga dolzarb ijtimoiy muammolarni tez va oson hal qilishni vaʼda qiladigan siyosat. Populizm zamirida u yoki bu siyosiy kuchning omma ishonchi va qoʻllab-quvvatlashini qozonish istagi yotadi.
Men birorta partiyada aʼzomasman, Adliya vazirligi ham Konstitutsiya normasiga rioya etishini soʻradim, rioya etmaganda tanqid qildim. Qani bu yerda populizmga ishora beruvchi biror vaʼda?”, — de yozdi sobiq deputat oʻzining Telegram kanalida.
Kusherbayev oʻzining munosabitda professorni qattiq tanqid qilib, uni ochiq debatga chaqirdi.

“Adliyani zoʻr berib oqlashga harakat qilgan yuridik fanlari doktori, Toshkent davlat yuridik universiteti, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi professori Eshmuhammad Qodirovga qarshi koʻp gapirishni lozim topmadim.
Ishonchim komil: agar Adliya vazirligi Konstitutsiya normalarini buzayotgani haqida men yoki oddiy fuqaro emas, kattaroq amaldor gapirganida bu professor Adliyani yonini olmagan boʻlardi.
Lekin amalga qarab munosabat qiladiganlar ham ilmiy unvonlarga erishadigan davrda yashayapmiz. Shamol qayga essa oʻsha ham tomon yoʻrgʻalaydigan prinsipsiz, laganbardorlar professorlar ham topiladi oramizda.
Qisqasi men bu bahsni, jamoatchilik kuzatuvida OAV ishtirokida jonli efirda koʻrib chiqishni taklif etaman. Qaysi OAV platformasida boʻlishini farqi yoʻq, tayyorman!
Marhamat hurmatli professor: agar jurʼatlari yetsa va bilimlariga ishonsalar ochiq debatga chiqsin, vajlarini asoslasin. Men oʻz vajlarimni asoslashga kuch va bilimim yetadi. Aks holda professorning bu yozganlari Konstitutsiyaga dushmanlik va kimlarnidir buyurtmasi, deb qabul qilinadi”, — deb qoʻshimcha qildi Rasul Kusherbayev.
Izohlar 1
Джаббарлы уктам
2023-Dec-05 22:13Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir