So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Moliya vazirligi tizimida 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Tadbirda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani va bugun bu borada ishlar zamirida shaffoflik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.
“Korrupsiya mamlakatimiz rivojiga katta toʻsiqdir. Shu bois barcha xodimlar, avvalo, oʻz oilasi, Vatani uchun halol mehnat qilishi lozim.
Vazirligimizda bu borada qator choralar koʻrilmoqda. Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat xaridlariga oid “Korrupsiyasiz soha” loyihasi boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari jarayonlarida inson omili ishtirokini kamaytirish hamda sohani raqamlashtirish maqsadida tanlash va tender savdolari 2022-yil 1-yanvardan majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi”, — dedi vazir oʻrinbosari.
Barchamizga maʼlumki, hozirgi vaqtda davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlardan iborat “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Hususan, davlat xaridlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik — qonun va sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi holatlariga oid maʼlumotlarni ochiq axborot manbalarida eʼlon qilib borish amaliy ahamiyatga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan taqdimot namoyish etildi.
“Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlaridan jami 3 ming 699 ta manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiyalar olindi. Ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan 14 ta holatda qarindosh-urugʻchilik holatlari aniqlangan.
Shuningdek, vazirlikning hududiy tuzilmalarida joriy yilning uchinchi choragiga asosan 7 ta salbiy holat sodir etilgan. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 ta holatda 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan”, – dedi yetakchi mutaxassis Oybek Samadov.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir