So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Prezident hammasini bilishini ochiq aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi faollar yigʻilishida ishtirok etdi.
Davlat rahbari hokimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ularga qoʻyilayotgan talablarga toʻxtalib oʻtdi.
«Hokim qachon uxlashini odamlar tugul, uni olib yuradigan haydovchi ham bilmay qolishi kerak. Hamma ham bu ishni eplay olmaydi. Hokim odamlarni yurakdan yaxshi koʻrishi kerak, u boshqacha ishlay olmaydi.
Men juda ogʻir vaqtda Mirzo Ulugʻbek tumanida hokim boʻlib ishlaganman. Oʻshanda kimdir kelib mendan «qanday muammoing bor?» deb soʻramagan. Soʻraydigan odamning oʻzi yoʻq edi. Hokim qattiq ishlashi kerak. Davlat yuritayotgan siyosat hokimning ishida koʻrinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, prezident Uchtepada oldindan tayyorlangan koʻchalarga emas, boshqa koʻchalarga kirganini, ularda ahvol qoniqarli emasligini taʼkidladi. Davlat rahbari, bugungi kundagi vaziyatni televizorda koʻrgan boshqa, ijtimoiy tarmoqlar orqali koʻrgan boshqa, jonli koʻrgan boshqaligini aytdi.
«Men bugun sizlar bilan kelgusida qilishimiz kerak boʻlgan ishlarni gaplashib olmoqchiman. Bugun Uchtepada oldindan tayyorlangan koʻchalarga emas, boshqa koʻchalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas.
Mening toʻrtta vakilim oylik olyapti, ular uyalmaydimi bu holatni koʻrib? Men sizlardan soʻrab koʻchalarga kirmayman. Barcha joyda ahvol yaxshi boʻlishi kerak. Koʻp qavatli uylarning oldida qor kuralmagan, natijada muz boʻlib qolgan», — deydi prezident.
Shuningdek, Prezident Uchtepa tumanidagi faollar yigʻilishida energiya taqchilligi masalasiga toʻxtaldi.
«Toshkent shahrida issiqlik markazlari eskirgan va energiya sarfi juda yuqori. Ammo shunga yarasha issiqlik ham ishlab chiqara olmaydi. Bitta stansiya sarflayotgan gaz va elektr energiyasi bilan katta hududni taʼminlash mumkin.
Shaharda oxirgi yillarda misli koʻrilmagan darajada ishlab chiqarish korxonalari ochildi. Albatta, ularning energiyaga boʻlgan talabi ham shunga yarasha. Mana hozir 55 ming ish oʻrni yaratishni rejalashtiryapmiz. Tabiiyki, bu ish joylariga hech boʻlmasa chiroq oʻrnatish kerak. Qolgan texnologiyalarni gapirish ham shart emas.
Yil oʻtgani sari elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj oshib boradi. Biz avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etishimiz lozim. Xorijdan ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi texnologiyalar olib kelamiz va issiqlik markazlarini qayta jihozlaymiz. Uch million kishi yashaydigan shaharning taʼminoti uchun har kuni yangilik qilish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Toshkentda issiqlik markazlari eskirgan va energiya sarfi juda yuqori ekanligini aytdi. Mirziyoyev poytaxtda elektr energiya va issiqlik ishlab chiqaruvchi stansiyalar qurilishini ham maʼlum qildi.
“Ammo shunga yarasha issiqlik ham ishlab chiqara olmaydi. Bitta stansiya sarflayotgan gaz va elektr energiyasi bilan katta hududni taʼminlash mumkin. Shaharda oxirgi yillarda misli koʻrilmagan darajada ishlab chiqarish korxonalari ochildi. Albatta, ularning energiyaga boʻlgan talabi ham shunga yarasha”, — dedi prezident.
Davlat rahbari 55 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilayotganini aytdi.
«Tabiiyki, bu ish joylariga hech boʻlmasa chiroq oʻrnatish kerak. Qolgan texnologiyalarni gapirish ham shart emas. Yil oʻtgani sari elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj oshib boradi. Biz avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etishimiz lozim.
Xorijdan ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi texnologiyalar olib kelamiz va issiqlik markazlarini qayta jihozlaymiz. Uch million kishi yashaydigan shaharning taʼminoti uchun har kuni yangilik qilish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev energotaqchillik haqida soʻz boshlab, “sabr bilan, muammolarni yechimini izlab topib, bu sinovlarni yengib oʻtish kerakligini taʼkidladi”.
“Toshkentga 34 ta yirik elektr akkumulyatorlarini keltirmoqchimiz. Bu barqaror elektr energiya bilan taʼminlashga yordam beradi. Har bir tumanga tarqatamiz. Albatta, qiyinchiliklar bor. Lekin sabr bilan, muammolarni yechimini izlab topib, bu sinovlarni yengib oʻtishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.
Prezident maqsad maqtanish emasligi, yakunlanayotgan yildan saboq, kelgusi yilga reja boʻlishini qoʻshimcha qildi.
«Toshkent shahrida 584 ta mahalla bor. Ulardagi vaziyatni televizorda, ijtimoiy tarmoqlarda koʻrish boshqa, sizlar bilan bevosita koʻrishib oʻrganish boshqa. Umuman, Toshkent shahri poytaxtimiz. Uning yutuqlari oʻzimizniki, kamchiliklarini esa muhokama qilib bartaraf etishimiz kerak. Shu bois sizlardan bugun ochiq suhbatlashib olmoqchiman.
Shahar hokimligi soʻragan mablagʻlarni biz berib turibmiz, yaqinda ham 200 mlrd soʻm ajratdik. Men kelishimdan maqsad, qilingan ishlarni maqtanish emas. Yakunlanayotgan yildan saboq, kelgusi yilga reja! Mana shu masala diqqat markazimizda boʻlishi kerak. Men bejizga mahallaga diqqat qaratmayman: hamma dard mahallada, lekin shu bilan birga hamma davo ham mahallada», dedi Mirziyoyev.
Prezident mamlakatdagi svet, gaz muammolarini juda yaxshi bilishini ham ochiqladi. Davlat rahbari oʻzi ham oddiy mahallada yashashini aytdi.
“Bizda ham mahalla raisi bor. Har safar koʻrishib qolsak ”Rais bobo, ishlar yaxshimi, bizga savollar yoʻqmi“, deb soʻrayman”, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi hamma muammolarni shaxsan oʻzi kuzatib borishini taʼkidladi.
“Svet, gaz muammolarini yaxshi bilaman. Toshkent shahrida svet-gaz muammosi boʻlmasligi kerak. Hammasi yetarli darajada ajratilgan. Faqat oʻz oʻrnida ishlatishni bilish kerak”, — dedi prezident.
Shuningdek, Mirziyoyev borgan qozonxonaga yarim tumanning “svet”i ketishini aytdi.
Yigʻilishda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri Jamshid Qoʻchqorov tuman oid rejalarni taqdim etdi.
“Uchtepaning Xirmontepa koʻchasida, yoʻl boʻylarida 75 ta savdo nuqtalari ochish rejalashtirilyapti. Bundan tashqari, oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatyaptiki, tuman boʻyicha 360 ta binoda foydalanilmay turgan 91 ming kvadrat joylarni ijarga bersa boʻladi.
Bilamizki, koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida tadbirkorlik nuqtalari ochish mumkin. Shuning uchun bunday uylar qimmat. Buni hisobga olgan holda, 1-qavatdagi uylarni sotib olib, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishni istovchilarga “Milliy bank” tomonidan alohida imtiyozli kredit liniyasini yoʻlga qoʻymoqchimiz.
Tumanda, shuningdek, koʻpchilik biladigan “Vatan” kinoteatri bor. Bir vaqtlar uning 25 foizlik ulushi davlat hisobida qolib ketgan. Hozir 75 foizlik ulushiga ega tadbirkor obyektdan toʻlaqonli foydalana olmayapti. Agar unga toʻligʻicha oʻtkazilsa, 8 mln dollar investitsiya kiritaman va 350 kishini ish bilan taʼminlayman, deyapti.
Umuman, rejalarimiz boʻyicha Uchtepa tumanida kelgusi yilda sanoat mahsulotlari hajmi 6,7 trln, savdo va ishlab chiqarish 18 trln soʻmga yetkaziladi. Bu borada tuman Toshkent shahrida yetakchilardan biri boʻladi”, – dedi Jamshid Qoʻchqorov.