So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
“Ayrim hokimlar bergan vaʼdasini bajarmayapti” – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Oʻzbekistondagi 44 million 800 ming gektar yer maydoni, 8 million 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagani qayd etildi. Hozirda mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 milliard dollarni tashkil qiladi.
Vaholanki, ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar koʻp.
“Bunga yerning bozor qiymatini ham qoʻshsa, bilasizlarmi aholi va tadbirkorlarda qanchadan-qancha iqtisodiy aktiv boʻladi”, - dedi Prezident.
Buning uchun, eng avvalo, yer hisobini joy-joyiga qoʻyish shart. Lekin ayrim hokimlar va vazirlar buni hisob-kitobini hali oʻylab ham koʻrmagani, oʻziga biror-bir vazifa ham belgilab olmagani qayd etildi.
Oxirgi uch yilda sohani raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrdan oʻtkazildi. Endi qolgan muammoli yerlarni ham toʻliq kadastr roʻyxatidan oʻtkazish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Qishloq xoʻjaligi yerlarida aerosuratga oladigan zamonaviy samolyot va laboratoriyalar olib berildi. Kadastr agentligiga tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha aerosuratga olish ishlarini Toshkent shahri, Toshkent va vodiy viloyatlarida, kelgusi yili esa qolgan hududlarda toʻliq yakuniga yetkazish topshirildi.
Aerosuratlar asosida qishloq yerlarini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Yigʻilishda qishloq xoʻjaligida:
- 286 ming gektar yerga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar toʻliq emasligi;
- 159 ming gektar yerning hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qilishi;
- avvalgi davrlarda doimiy foydalanish uchun ajratilgan 460 ming gektar yerning huquqiy maqomi aniq emasligi qayd etildi.
Oqibatda jami 900 ming gektardan ziyod qishloq xoʻjaligi yerlari kadastr roʻyxatidan oʻtmasdan turibdi. Kadastri yoʻqligi sababli takroriy ekinlar uchun bu yerlarni rasman ikkilamchi ijaraga berish imkoni boʻlmayapti.
Bularni oqibatida kamida 300 ming ish oʻrni, takroriy ekindan olinayotgan mahsulot hamda norasmiy ijaraning hisobi yuritilmayapti.
Oʻtgan hafta Surxondaryoga tashrifda “plyonka ostida parnik” tashkil qilib, eksportbop sabzavot ekinlarini ekish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtilgan edi.
Hududlarda bunday usulda ekin ekishni istaganlar juda koʻp. Lekin ular uchun yer olish murakkab.
Shu bois, kelgusi yildan ekin yeri yuqori unumli urugʻ, koʻchat, agro-texnologiya, eksport koʻnikmalariga ega boʻlganlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi.
Mutasaddilarga 2024-yil 1-fevralga qadar kamida 15 ming gektar yerni lotlarga boʻlib, eksportbop sabzavot yetishtirish uchun oʻrtacha 1 gektardan auksionga chiqarish, auksiondan yer olgan aholiga urugʻ, oʻgʻit, plyonka va aylanma mablagʻ uchun kredit ajratish, hosildor eksportbop ekinlar urugʻini kafolatli yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Suv havzalarini, kanal va kollektor atrofidagi boʻsh yerlarni aholi va tadbirkorlarga berish boʻyicha qaror qabul qilingan.
Lekin, yer balansida suv fondi yerlarining bor-yoʻgʻi 0,3 foizi ekin yeri sifatida koʻrsatilgan. Bu haqiqiy ahvoldan yiroqligi, zero suv xoʻjaligida yerlarning aksariyatida egalik hujjati mavjud emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Aslida, suv fondi yerlaridan qoʻshimcha iqtisodiy samara olishning birdan bir yoʻli – ularni toʻliq kadastrdan oʻtkazish. Bu ish oʻrniga ham, oziq-ovqat uchun ham qoʻshimcha zaxira boʻladi. Mutasaddilarga suv fondi yerlarini tartibga solish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Hokimlarga suv fondi kadastri qachon toʻliq boʻladi, deb kutib oʻtirmasdan, hujjati tayyor boʻlgan boʻsh yerlarni aholiga eksportbop ekin ekish uchun boʻlib berish topshirildi.
Suv havzalarini, kanal va kollektor atrofidagi boʻsh yerlarni aholi va tadbirkorlarga berish boʻyicha qaror qabul qilingan.
Lekin, yer balansida suv fondi yerlarining bor-yoʻgʻi 0,3 foizi ekin yeri sifatida koʻrsatilgan. Bu haqiqiy ahvoldan yiroqligi, zero suv xoʻjaligida yerlarning aksariyatida egalik hujjati mavjud emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Aslida, suv fondi yerlaridan qoʻshimcha iqtisodiy samara olishning birdan bir yoʻli – ularni toʻliq kadastrdan oʻtkazish. Bu ish oʻrniga ham, oziq-ovqat uchun ham qoʻshimcha zaxira boʻladi. Mutasaddilarga suv fondi yerlarini tartibga solish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Hokimlarga suv fondi kadastri qachon toʻliq boʻladi, deb kutib oʻtirmasdan, hujjati tayyor boʻlgan boʻsh yerlarni aholiga eksportbop ekin ekish uchun boʻlib berish topshirildi.
Yigʻilishda yoʻl xoʻjaligida ham shu ahvol ekani taʼkidlandi. Koʻpgina ichki yoʻllar va unga tutash yerlarning hujjati yoʻqligi bilan bogʻliq muammolar koʻrsatib oʻtildi.
Kelgusi yilda “Tashabbusli byudjet” va “Mening yoʻlim” loyihalariga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan taʼmirlanadigan ichki yoʻllarni loyihalashda ularga kadastr hujjatini tayyorlashni ham nazarda tutish topshirildi.
Ayrim vazirliklarga berilgan yer va binolar kadastri ham qoniqarsizligi qayd etildi. Baʼzi obyektlarning egalik hujjati yoʻqligi aniqlangan. Ushbu yerlarning hujjati yoʻqligi sababli talon-toroj qilingan holatlar mavjud.
Vazirliklarga oʻzlariga qarashli barcha yer va binolarni hujjatlashtirishni yakuniga yetkazish, Bosh prokuraturaga ushbu ishlarning qatʼiy nazoratini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
“Qanchalik qiyin boʻlmasin, oxirgi besh yilda qishloq xoʻjaligidan 42,5 ming gektarni qisqartirib, aholi punktlari va sanoat yerlari toifasiga oʻtkazib berdik. Afsuski, katta-katta vaʼdalarni bergan ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari bu yerlardan samarali foydalana olmayapti”, - dedi Prezident.
Xususan, 100 ta tumanda toifasi oʻzgargan 17,5 ming gektar yer na tadbirkorga berilgan, na auksionga chiqarilgan. Bu yerlar olinganidan buyon zaxirada yotgani tanqid qilindi.
Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar bu yerlar auksionga chiqarilmasa, qishloq xoʻjaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, toifasi oʻzgarib, tadbirkorlarga ajratilgan 19 ming 300 gektar yerdan 5 ming 400 gektari boʻsh turibdi. Sanoat zonalarida ham loyiha joylashtirilmagan yerlar bor. Aksincha, tayyor infratuzilmasi boʻlgan sanoat yerlaridan boshqa maqsadda foydalanish koʻp uchramoqda.
Toifasi oʻzgargan yerlar evaziga shu yilning oxirigacha 15 ming gektar yangi yerlar oʻzlashtirilishi kerak edi. Biroq, 8 ming gektar yerlar haligacha oʻzlashtirilmagan.
Yil yakunigacha yangi yerlarni oʻzlashtirish vaʼdasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflari umuman qabul qilinmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Kadastr agentligiga 2024-yil 1-martga qadar barcha sanoat yerlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, viloyat hokimlariga esa 2021-yilgacha ajratilib, qurilish boshlanmagan 7 ming gektar yerni zaxiraga qaytarish topshirildi.
Bosh prokuraturaga bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Bundan buyon viloyat kadastr boshligʻini ishga qoʻyish va ishdan olish Bosh vazir tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Yigʻilishda kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish muhim vazifalardan biri boʻlib qolayotgani taʼkidlandi. Kadastr sohasida 9 mingdan ortiq mutaxassis ishlaydi. Lekin bugungi kunda sohaga kadr tayyorlayotgan 10 ta oliygohdagi oʻqitish sifati zamondan orqada qolgani qayd etildi.
Ularda fakultet va kafedralar tushunib-tushunmasdan ochilgani, oʻquv dasturlari va taʼlim metodikalari eskirgani aytildi.
Shu bois, 10 ta oliygoh rektorlariga Kadastr agentligi bilan birgalikda kelgusi yilda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish, yangi oʻquv adabiyotlari va xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelishga koʻrsatma berildi.
Yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari Prezident vazirlik, hokimlik va idoralardagi ijro intizomi holatiga toʻxtalib oʻtdi.
"Koʻrib turibsizlar, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida juda katta islohotlarni amalga oshirayapmiz. Hech bir soha eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq.
Lekin, islohotlar “qogʻozda” qolib ketmasligi kerak. Vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar joylarda ularning ijrosini soʻzsiz taʼminlashi shart", - dedi davlat rahbari.
Muhim topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, baʼzi rahbarlar raqam ortidan quvib, sifat, samaradorlik va talabchanlikni unutib qoʻyayotgani qayd etildi.
Ayrim vazirlar va hokimlarga ularning tizimi va hududlarida ijro holati qoniqarli emasligi koʻrsatib oʻtildi. Ijro intizomini qattiq nazorat qilish, xorijiy davlatlar bilan koʻp qirrali hamkorlik boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning birorta bandi ijrosini kechiktirmasdan taʼminlash shartligi haqida ogohlantirildi.