So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Svet”, gaz muammolarini juda yaxshi bilaman» — Shavkat Mirziyoyev
Prezident ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yigʻilish oʻtkazmoqda. Yigʻilish davomida davlat rahbari Toshkentda issiqlik markazlari eskirgan va energiya sarfi juda yuqori ekanligini aytdi.
“Ammo shunga yarasha issiqlik ham ishlab chiqara olmaydi. Bitta stansiya sarflayotgan gaz va elektr energiyasi bilan katta hududni taʼminlash mumkin. Shaharda oxirgi yillarda misli koʻrilmagan darajada ishlab chiqarish korxonalari ochildi. Albatta, ularning energiyaga boʻlgan talabi ham shunga yarasha”, — dedi prezident.
Mirziyoyev 55 ming ish oʻrni yaratish rejalashtirilayotganini aytdi.
“Tabiiyki, bu ish joylariga hech boʻlmasa chiroq oʻrnatish kerak. Qolgan texnologiyalarni gapirish ham shart emas. Yil oʻtgani sari elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj oshib boradi. Biz avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etishimiz lozim. Xorijdan ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi texnologiyalar olib kelamiz va issiqlik markazlarini qayta jihozlaymiz. Uch million kishi yashaydigan shaharning taʼminoti uchun har kuni yangilik qilish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Toshkentdagi hamma muammolarni shaxsan oʻzi kuzatib borishini taʼkidladi.
“Svet, gaz muammolarini yaxshi bilaman. Toshkent shahrida svet-gaz muammosi boʻlmasligi kerak. Hammasi yetarli darajada ajratilgan. Faqat oʻz oʻrnida ishlatishni bilish kerak”, — deb qoʻshimcha qildi u.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir