So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
“Turkiya Germaniyaning qiruvchi samolyotlariga muhtoj emas” — Erdogʻan

Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan Germaniya kansleri Olaf Shols bilan oʻtkazgan qoʻshma matbuot anjumanida jurnalistning “Germaniya Turkiyaga qiruvchi samolyotlarini sotishdan bosh tortsa nima boʻladi” degan savoliga javob berdi.
Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan Germaniyaning Anqaraga Eurofighter yetkazib berish boʻyicha pozitsiyasiga qaramay, Turkiya oʻzini qiruvchi samolyotlar bilan taʼminlay olishini aytdi.
“Germaniya qiruvchi samolyotlarni beradimi yoki bermaydimi? Bizni bu qiziqtirmaydi... Germaniya qiruvchi samolyotlar ishlab chiqaradigan dunyodagi yagona davlatmi? Koʻpgina davlatlar bu sanoatni sinchkovlik bilan oʻrganib chiqmoqda. Hozirda Turkiya uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
Matbuot vakili sifatida bizni bu bilan tahdid qilishning hojati yoʻq. Bizga vijdonan savollar bering, biz sizga shu nuqtayi nazardan javob beramiz”, — dedi Erdogʻan.
Avvalroq mudofaa vaziri Yashar Guler Turkiya Germaniyadan 40 ta Eurofighter qiruvchi samolyotini sotib olish niyatida ekanligini maʼlum qilib, bunga Buyuk Britaniya va Ispaniya rozi boʻlganini aytgan edi.
Mavzuga doir: “Germaniya va Turkiya Gʻazodagi hunrezlikni toʻxtatishi mumkin” — Erdogʻan



