Qidirish

00:25 / 2022-12-14 767 0 Biznes

500 mlrdik yirik loyiha: Samarqandda – inson qadri uchun qurilgan yangi bozor qachondan ishga tushadi?

Samarqandda yirik megaloyiha qurilishi yakunlanish arafasida.

Samarqand tumani Guliston agrofirmasi xududidagi “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozorining qurilishi toʻgʻrisida maʼlumot beradigan boʻlsak, ushbu loyiha “NURLI KELAJAK ISHONCH SERVIS” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Qurilish 2021-yilning sentyabr oyida boshlangan boʻlib, umumiy maydon 9.00 gektar boʻlsa, qurilish maydoni: 3.5 gektarni tashkil qiladi.

Loyiha qiymati 500milliard soʻm deb belgilangan bundan ajratilgan mablagʻ 70 milliard soʻm bank krediti va 430 milliard soʻm MCHJning oʻz mablagʻi hisobidan qoplanadi.

2022-yil 15-noyabr holatiga bajarilgan ish hajmi 95 foizdir, loyihaning tugallanish vaqti 2022-yilning 4-choragi. Loyiha toʻliq ishga tushirilsa, 5000 ta ish oʻrni yaratilishi mumkin.

“Avtomobil ehtiyot qismlari” bozorida loyiha buyicha 1-qavatda Avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga moʻljallangan 751 ta doʻkon, 2 ta Bank, 2 ta Avtosalon va 1 ta Yengil avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchasi hamda 2300 ta avtoturargoh oʻrin olgan.

Avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga moʻljallangan 751 ta doʻkonning 143 tasi avtomobil jihozlari savdosiga, 118 tasi motor va xodovoy ehtiyot qismlari savdosiga, 217 tasi balon, akkumlyator, kuzov ehtiyot qismlari savdosiga, 113 tasi elektrotexnika ehtiyot qismlari savdosiga, 28 tasi avtomobillarning ishlatilgan ehtiyot qismlari savdosiga, 70 tasi yirik maxsus texnikalar ehtiyot qismlari savdosiga va 62 tasi qoʻshimcha doʻkon uchun moʻljallangan.

Bozorning 2-qavatida restoranlar, qoʻshimcha xizmat koʻrsatish xonalari, tibbiy xizmat koʻrsatish xonasi va bozor maʼmuriyati ofisi oʻrin olgan.

Bu yerga keluvchilar asosan Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatidagi xaridorlar boʻlib, ularga yangi bozorning qulayligi oʻng kelishi tabiiy. Chunki, xaridorlar bu yerga katta magistral yoʻllar orqali kelishadi. Bozor koʻrkam va ihcham qurilgan boʻlib, foydalanuvchilar bu yerga qilgan tashriflaridan mamnun kayfiyatda qaytishlariga umid qilinmoqda.

Har holda, bu yerda faqat avtomobil ehtiyoj qismlari bozori qurilmayapti, bundan tashqari, hudud atrofida yirik gipermarket va turli xizmat koʻrsatish shaxobchalari tez orada qad koʻtarilishi kutilyapti.

Biz yangi loyiha imkoniyatarini holis kuzatgan holda ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bu yerda barpo qilinayotgan yirik loyihani Oʻzbekiston hududida kamdan-kam koʻramiz. Ushbu bozor real qarashlarga asoslanib aytganda boshqa bozorlar bilan raqobat qilishdan holi, joylarni toʻldirish uchun tadbirkorlarni turli chaqiruvlar orqali olib kelish istagida ham emas.

Bu bozorga odamlar xohishiga koʻra qadam qoʻyishi kutilayotgani, loyihaning kelajagi uzoqni oʻylab qilingan ishlarga borib taqaladi. Ming-marta eshitgandan bir marta koʻrgan yaxshi deyishadi, shunchaki Samarqandga yoʻlingiz tushsa, ushbu manzilga bir kelib barchasini oʻzingiz koʻring. Inson qadri uchun yaratilgan ushbu loyihaning umri uzoq boʻlishiga hamohangmiz. Holis fikr va xulosa kuzatuvchidan!

Izohlar 0

Fikr bildirish