So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“UzAuto Motors” “Damas” va “Labo” sotuvini vaqtincha toʻxtatdi
Kompaniya avvalroq “Spark” va “Nexia”ni sotuvdan olib tashlagan, hech bir izohsiz Cobalt va Gentra sotuvini ham toʻxtatib qoʻygan edi.
UzAuto Motors kompaniyasining Oʻzbekistondagi dilerlari bugun, 13-dekabrdan boshlab Damas mikroveni va Labo kichik pikapi uchun shartnomalar tuzishni toʻxtatdi.
Maʼlum boʻlishicha, kompaniya 8-dekabrdan Lacetti va Cobalt uchun shartnoma berishni ham toʻxtatgan edi. Har ikki holatda ham kompaniya mijozlarga bu borada oldindan anons yoki keyingi izohlar berilmadi.
Avvalgi yillarda kontraktatsiya toʻxtab, narxlar oshgan holda qayta ochilgani xaridorlarning narx oshishi borasidagi xavotirlariga sabab boʻlmoqda.
Oʻtgan oylarda “Spark” va “Nexia” avtomobillari ishlab chiqarishdan olingan, natijada ayni paytda mijozlar faqat yangi Onix modeli uchun shartnoma qilishi mumkin.
Maʼlumot oʻrnida, “UzAutoSavdo” ilovasiga koʻra, Onix uchun navbat 5300ta avtomobilni tashkil etadi. Shartnomalar 2023-yil 31-dekabr sanasiga qadar avtomobil yetkazib berish sharti bilan tuzilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya 2023-yilda Cobalt va Damas ishlab chiqarishni oshirib, Gentra ishlab chiqarishni toʻxtatishini maʼlum qilgan.
Kompaniya avvalroq “Spark” va “Nexia”ni sotuvdan olib tashlagan, hech bir izohsiz Cobalt va Gentra sotuvini ham toʻxtatib qoʻygan edi.