So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Endilikda Sudyalar oliy kengashi raisi va aksilkorrupsiya agentligi direktori Senat tomonidan saylanadi
Prezident Farmoni bilan ayrim Prezident hujjatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirildi.

Prezidentning “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
14 ta hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritildi, xususan:
1) Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi koʻzda tutildi;
2) yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar qonun bilan belgilanishi talabidan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardan bunday cheklovlar chiqarildi;
3) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinishi belgilab qoʻyildi.
Shu bilan birga, Farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni davom ettirish maqsadida masʼul vazirlik va idoralarga bir qator topshiriqlar berildi.
Xususan, quyidagi sohalarda konstitutsiyaviy prinsiplarni roʻyobga chiqarish boʻyicha alohida topshiriq berildi:
birinchidan, mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;
ikkinchidan, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari (jinoiy va maʼmuriy jazo choralari, shu jumladan, jarima, musodara qilish, shuningdek, moliyaviy sanksiya, penya, litsenziyani toʻxtatish yoki bekor qilish va boshqalar) mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta koʻrib chiqish;
uchinchidan, insonning huquq va erkinliklarini faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
toʻrtinchidan, uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
beshinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlar erkin harakatlanishi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.
Mazkur Farmon qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish orqali konstitutsiyaviy prinsiplarni roʻyobga chiqarishga, davlat organlari faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar asosida yoʻlga qoʻyishga, shuningdek, mulk huquqi daxlsizligini taʼminlash choralarini koʻrishga qaratilgan.
Hujjat matni bilan bu yerda tanishish mumkin.



