So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kongressning eng muhim voqeasi: Samarqandda “Sharq miniatyurasidagi tarixiy arboblar” kitob-albomining taqdimoti oʻtkazildi
“Sharq miniatyurasidagi tarixiy arboblar” nomli maʼnan boy kitob-albom taqdimoti Samarqanddagi “Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrab-avaylash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati VII Kongressi”ning eng muhim voqeasiga aylandi.
Nashrni uning muallifi, Butunjahon jamiyati raisi, doktor Firdavs Abduholiqov taqdim etdi. Bu kitob uning koʻp yillik izlanishlari natijasidir.

Taʼkidlash joizki, albom miniatyura naqqoshlik sanʼati durdonalari, miniatyuralarda tasvirlangan tarixiy shaxslar obrazlari va talqinlariga bagʻishlangan. Kitobga XIII-XVIII asrlarda yaratilgan 300 dan ortiq miniatyuralar kiritilgan. Unda turli sulolalarga mansub 80 dan ortiq hukmdorlar, shahzoda va malikalar, 20 dan ortiq shoir, olim, mutafakkir va sanʼatkorlarning suratlarini uchratish mumkin.

Nashrni tayyorlash jarayonida turli muzeylardan koʻplab tarixiy shaxslarning suratlari toʻplandi (Vashingtondagi Frir galereyasi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi, Baltimor sanʼat muzeyi, Britaniya kutubxonasi, Edinburg universiteti kutubxonasi, Shahzoda Agahan kolleksiyasi, Fransiya Milliy kutubxonasi, Rossiya Fanlar Akademiyasining Sharq qoʻlyozmalari instituti, Toʻpqopi saroyi, Misr Milliy kutubxonasi va boshqalar).

Ushbu chinakam keng koʻlamli tadqiqotning oʻziga xosligi shundaki, kitob sahifalaridan birinchi marta nafaqat miniatyuralar, balki atoqli tarixiy shaxslarning portret tasvirlari bilan iqtiboslari oʻrin oldi. Ular orasida Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi, Iskandar Zulqarnayn, Sulton Sanjar, Hurmuzd, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy va boshqa koʻplab Oʻzbekistonning buyuk zotlari bor.

Maʼlumot oʻrnida, kitobni chop etish Butunjahon jamiyatining doimiy hamkori va homiysi boʻlgan Eriyell neft-servis kompaniyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
